Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona

Oyoq kichik bo‘lishi uchun...

Oyoq kichik bo‘lishi uchun...

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

«Liverpul» yarim himoyachisi Dominik Soboslai faoliyatida uning otasi, sobiq futbolchi Jolt hamisha muhim rol o‘ynaydi.

Deylik, shaxsiy futbol akademiyasiga asos solgan katta Soboslai o‘g‘li bilan tinimsiz shug‘ullangan, uning yuqori darajaga chiqishini ta’minlash yo‘lida ba’zi g‘alati medotikalarga qo‘l urgan...

Oddiy misol, katta Soboslai mashg‘ulotlar jarayonida Dominikning qo‘llari hamisha band bo‘lishini istagan. Shunga muvofiq, «Liver-pul»ning yangi futbolchisi yoshligidan ikki qo‘lida golf to‘pchasini tutgancha yugurgan. Buning mohiyati oddiy - mashg‘ulotlarda raqibni futbolkasidan tortish yoki yana qandaydir texnik yechimga o‘rganib qolmaslik. Soboslailar oilasiga yaqin manbaning The Athletic nashriga oshkor etishicha, u o‘g‘lini istiqbolli futbolchi sifatida shakllantirish uchun yana bir g‘alati tushunchaga to‘liq amal qilgan. Oddiy aytganda, Dominik bolaligidan otasi qistovi bilan o‘z o‘lchamidan biroz kichikroq poyafzal kiyishga majbur edi. Chunonchi, ota «Odamning oyog‘i qancha kichik bo‘lsa, undan kuchli futbolchi chiqish ehtimoli shuncha oshadi» qabilidagi fikrga to‘liq ishongan. Ushbu tushunchaga ko‘ra, oyoq qanchalik kichik bo‘lsa, to‘pni nazorat qilish shuncha osonlashadi.

Xullas, futbolcha layf-xak. «Katta oyoqlar bilan to‘pga mukammal zarba berolmaysan, agar Ibragimovichdek ijro mahoratini o‘zlashtirmagan bo‘lsang, - deya izohladi manba. - To‘pni to‘g‘ri yo‘llash uchun nisbatan uzunroq, lekin kichik oyoqlar kerak. Dominikning otasi shuning uchunmi, bu borada o‘ta qat’iy turgan va uni hamisha kichikroq o‘lchamdagi poyafzalda yurishga majburlagan. Endi buning samarasiga qarang». Kichik oyoqlar futbolda qanchalik yordam berishi ilmiy jihatdan isbotlanmagan, ammo haqiqat shuki, «Liverpul» yarim himoyachisi o‘z ishini a’lo darajada bajarmoqda hozircha.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:02, 10.09.2023.
O'qildi: 1288 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.