Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Ten Xag bilan ishlash ishtiyoqi

Ten Xag bilan ishlash ishtiyoqi

Baho:
+ | -

Marokashlik Sofiyan Amrabat nihoyat, faoliyatini qayerda davom ettirish masalasini uzil-kesil hal qildi.

 Bir tomonda Saudiya klublarining manfaatli takliflari, boshqa tarafda «MYU»ning jiddiy qiziqishi, bunga qo‘shimcha tarzda yana bir qator takliflar... «Fiorentina» yarim himoyachisi yoz bo‘yi chorlovlarga ko‘mildi go‘yo... Mana, futbolchi oxir-oqibat, «MYU»ni tanladi, bunda jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan yaqindan tanish ekanligi katta rol o‘ynadi, chog‘i. Zero, Marokash milliy jamoasi yetakchilaridan biri Niderlandiyaning «Utrext» klubida aynan ten Xag qo‘l ostida shug‘ullangan, to‘p surgan.

Amrabat haligacha Erik ten Xagning mashg‘ulot o‘tash usullarini yuqori baholaydi. Marokash faxri jumladan, joriy yil mart oyida The Athletic nashriga bergan intervyusida bu borada lo‘nda gapirgandi: «Ochig‘i, ten Xag birinchi kundanoq menga «yopishib» oldi, alohida shug‘ullandi. Hattoki, maxsus ish rejasi tuzib berdi. Bunda avvalo, o‘zimdan kuchli tomonlarim va qaysi jihatlarni yaxshilashni xohlashim haqida so‘radi. Xullas, Erik birinchi kundan men bilan band bo‘ldi. Bilamizki, ko‘plab murabbiylar jamoa bilan umumiy holda ishlashadi, ten Xag esa individual yo‘nalishda ishlashga yetarlicha vaqt ajratardi. Uning falsafasi oddiy: futbolchilar individual tarzda qancha kuchayishsa, jamoa shuncha yuksaladi. Qolaversa, Erik har bir o‘yindan keyin videoyozuvlarni ko‘rsatib, hammasini atroflicha tushuntirib berardi. O‘shanda 18 yoki 19 yoshli o‘smir edim va ba’zan ichimda pichirlaganim ham esimda: «Uf, yanami?» Mana, hozir ortga qarab, o‘sha tinimsiz mashg‘ulotlar faoliyatim uchun juda muhim bo‘lganini tushunyapman. Qisqasi, Erik ten Xagdan katta saboq olgan va ko‘p narsa o‘rganganimni aslo unutmayman».

Qarangki, Sofiyan Saudiyaga bormadi, moddiyatni chetga surib, yana niderlandiyalik mutaxassis tomon talpindi. Aslida arablar o‘lkasiga yo‘l olganida ham, uni hech kim ortiqcha muhokama qilmasdi. Har holda, Saudiya madaniyati marokashlik futbolchiga ancha yaqin. Yana Erik ten Xag «banda»siga qo‘shilganidan nima chiqishini esa vaqt ko‘rsatadi, albatta.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:45, 10.09.2023.
O'qildi: 2280 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.