Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletiko
23/09 19:00 Nasaf 2-0 OKMK
24/09 00:00 Betis 1-2 Malyorka
24/09 22:00 Valensiya - Osasuna
24/09 22:00 Sevilya - Valyadolid
24/09 23:45 Atalanta - Komo
25/09 00:00 Real Madrid - Alaves
25/09 22:00 Jirona - Rayo Valyekano
26/09 00:00 Barselona - Xetafe

"Barselona" Ronaldinyo bilan to‘rtta futbolchi sotib olgan edi. Ular kimlar?

"Barselona" Ronaldinyo bilan to‘rtta futbolchi sotib olgan edi. Ular kimlar?

Baho:
+ | -

2002/03 yilgi mavsumni La-liganing 6 pog‘onasida yakunlagach, "Barselona" tarkibni kuchaytirishga kirishadi. 2003 yilning yozida klub "PSJ"dan Ronaldinyoni 30 million yevroga xarid qilgandi. Sobiq futbolchi Kataloniyada dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylandi va 2005 yilda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritdi. Ammo Ronaldinyo o‘sha yozdagi yagona xarid emasdi. "Barselona" u bilan yana bir nechta futbolchilarni sotib oladi. Quyida ular kimligi va taqdiri nima kechgani haqida bilib olasiz.

Rikardu Kuarejma

Bir paytlar Ronaldudan ko‘ra yaxshiroq futbolchi sifatida qaralgan hujumchi, "Barselona" tomonidan xarid qilinadi. U ham "Sporting"dan sotib olingandi. Afsuski, vinger o‘zidan kutilgan natijalarni bermaydi. Kuarejma 2003/04 yilgi mavsumda 28 bahsda 1 tagina gol urgandi. Kamiga, u bosh murabbiy Frank Raykard bilan ham janjallashib qoladi. Natijada, Kuarejma jamoada o‘ynashni istamasligini aytib, Portugaliyaga qaytib ketadi. U "Portu" sharafini himoya qila boshlagandi.

Rafael Markes

O‘z avlodining yetarlicha baholanmagan vakillaridan biri Markes edi. Uni "Barselona" "Monako"dan 5 million yevro evaziga sotib oladi. U Kataloniyada yetti yil qolib, jamoaga katta yordam bergan. Himoyachi jami 242 ta bahsda "Barselona" sharafini himoya qilib, jami 12 ta sovrin yutishga muvaffaq bo‘ladi. Ular ichida ikkita YECHL va 4 ta La-liga kubogi bor. Uning davrida klub Yevropadagi eng yaxshi mudofaalardan biriga ega bo‘lgandi.

Jovanni van Bronkxorst

Van Bronkxorst 2003 yilda "Arsenal"dan bir mavsumga ijaraga olinadi. U bir yildan keyin 2 million yevroga sotib olingandi. Yarim himoyachi Angliyada maydon markazida harakat qilardi. Ammo "Barselona" uning pozisiyasini o‘zgartirdi. Van Bronkxorst o‘zining Ispaniyadagi 4 yillik faoliyatida chap qanot himoyachisiga aylandi. U qanotda Ronaldinyo bilan ajoyib tandem hosil qiladi. Niderlandiyalik futbolchi "Barselona"da ikkita La-liga, ikkita Ispaniya superkubogi va YECHL bosh sovrinini qo‘lga kiritadi.

Rustu Rechber

2002 yilgi mundialning yorqin yulduzlaridan biri bo‘lgan futbolchi, "Arsenal" va "MYU"dan kelgan takliflarni rad etadi. U erkin agent sifatida "Barselona"ga yo‘l oladi. Rustu o‘z davrining eng yaxshi darvozabonlaridan biri bo‘lishiga qaramay, "Barselona"da asosiy tarkibga kira olmaydi. Negaki, u ispancha gapira olmasdi. Shu sababli, darvozani yosh Viktor Valdes qo‘riqlay boshladi. Sobiq Turkiya terma jamoasi a’zosi bir mavsumdan keyin, yana "Fenerbaxche"ga qaytadi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: caughtoffside.com
Kiritildi: 11:01, 11.09.2023.
O'qildi: 7009 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.