Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va Qirgʻiz futbol ittifoqi mutasaddilari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va Qirgʻiz futbol ittifoqi mutasaddilari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Jalolobod shahrida "Muras Yunayted" va "Andijon" jamoalari oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Ushbu bahs oldidan OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov Qirgʻiz futbol ittifoqi prezidenti Mederbek Sidiqov bilan uchrashdi.

Dastlab Ravshan Irmatov mamlakatlarimiz oʻrtasida yaqin qardoshlik, qoʻshnichilik aloqalari hamda futbolni rivojlantirish borasida harakatlar yangi bosqichga chiqqanidan mamnun ekanligini bildirdi. Oʻz navbatida, Qirgʻiz futbol ittifoqi rahbari Mederbek Sidiqov yangi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyor ekanligini aytdi.

Uchrashuv davomida ikki davlatda futbolni rivojlantirish va ommalashtirish, oʻzaro tajriba almashish, futbol assotsiatsiyalari oʻrtasida har tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari keng muhokama qilindi. Tadbir davomida tomonlar oʻrtasida memorandum imzolandi.

Memorandumda ikki mamlakat jamoalari hamda klublari ishtirokida xalqaro musobaqalar va oʻrtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish boʻyicha bandlar mavjud. Murabbiylar, hakamlar va yana qator yoʻnalishlar boʻyicha futbol mutaxassislarini tayyorlash uchun almashinuv dasturlarini ishlab chiqish, bolalar futbolini rivojlantirishga koʻmaklashish nazarda tutilgan.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 14:51, 11.09.2023.
O'qildi: 854 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик