Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Robert Levandovskining jamoa bilan tuzgan shartnomasidagi band oydinlashdi.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Robert kelasi mavsumda kataloniyaliklarning o‘tkazgan o‘yinlaridan 50 foizidan kamida ishtirok etsa, "Barsa" u bilan shartnomani bekor qilish huquqiga ega.
35 yoshli polyakning amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. U joriy mavsumda La Ligada 4 ta o‘yinda 2 ta gol urib, 1 ta golli pas berdi.