Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

"Arsenal" futbolchilar qancha maosh olishadi?

"Arsenal" futbolchilar qancha maosh olishadi?

Baho:
+ | -

"Arsenal" Mikel Arteta kelganidan beri 688 million yevrodan ko‘proq mablag‘larni yangi futbolchilar sotib olish uchun sarfladi. Ayni damda London klubi tarkib qimmatligi borasida dunyoning birinchi raqamli jamoasi bo‘lib turibdi. "Arsenal" har yili 173 million funtni futbolchilari uchun maosh qilib beradi. Bu miqdor APLda "Manchester Siti" va "MYU"dan keyin uchinchi eng ko‘pi bo‘lsa, Yevropada yettinchi o‘rinni egallaydi. Arteta bu jamoani o‘zgartirdi va YECHLga qaytardi.

"Arsenal" bu yozda bir qancha xaridlarni amalga oshirdi. Ular ichida Kay Xavers ham bor. Aynan u ayni damda "Arsenal"ning eng ko‘p maoshga ega futbolchisi bo‘lib turibdi. Germaniya terma jamoasi a’zosi haftasiga 280 ming funt oladi. Shuningdek, 105 million funtga transfer qilingan Deklan Rays ham bu borada yaxshigina ko‘rsatkichga ega. Angliyalik yulduz 240 ming funt bilan uchinchi o‘rinni band etgan. Bukayo Saka, Vilyam Saliba, Gabriel Martinellilar yangi bitimga imzo chekib, o‘z maoshlarini ko‘paytirib oldi. Hozirda maosh borasida jamoa sardori Martin Edegor top-10 talikdan tashqarida qolmoqda. Ammo u ham tez orada yangi bitim bilan yanada katta maosh ola boshlaydi.

Quyida "Arsenal" tarkibining barcha futbolchilari qancha maoshga ega ekanini bilib olishingiz mumkin. Ma’lumotlar "Capalogy" saytidan olingan bo‘lib, taxminiy hisob-kitoblarga asoslanadi. Negaki, klublar futbolchi maoshlari haqida aniq ma’lumotlar taqdim etmaydi (barcha qiymatlar funt-sterlingda).

1. Kay Xavers – 280 ming funt
2. Gabriel Jezus – 265 ming funt
3. Deklan Rays – 240 ming funt
4. Tomas Parti – 200 ming funt
5. Bukayo Saka – 195 ming funt
6. Vilyam Saliba – 190 ming funt
7. Gabriel Martinelli – 180 ming funt
8. Oleksander Zinchenko – 150 ming funt
9. Aron Ramzdeyl – 120 ming funt
10. Ben Uayt – 120 ming funt
11. Martin Edegor – 115 ming funt
12. Jorjinyo – 110 ming funt
13. Eddi Nketia – 100 ming funt
14. Gabriel – 100 ming funt
15. Reyss Nelson – 100 ming funt
16. Leandro Trossard – 90 ming funt
17. Yurriyen Timber – 90 ming funt
18. Sedrik Suaresh – 75 ming funt
19. Yakub Kivior – 58 ming funt
20. Takexiro Tomiyasu – 55 ming funt
21. Muhammad Elneniy – 55 ming funt
22. Fabiu Viyeyra – 45 ming funt
23. Emil Smit-Rou – 40 ming funt
24. David Rayya – 25 ming funt

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 12:01, 13.09.2023.
O'qildi: 1895 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.