Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Anvar Berdiyev: “Alamli tarzda mag‘lubiyatga uchradik”

Anvar Berdiyev: “Alamli tarzda mag‘lubiyatga uchradik”

Baho:
+ | -

Pro liganing 17-turidan o‘rin olgan “Navbahor-farm” – “Sho‘rtan” (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiyev qatnashib,jurnalistlarning savollariga javob berdi.

G‘uzorliklar ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Bugungi g‘alaba bilan “Navbahor-farm” jamoasini tabriklayman. Teng kurashlar ostida bo‘lib o‘tgan bahsda alamli tarzda mag‘lubiyatga uchradik va bunda barcha aybni o‘z bo‘ynimga olaman. O‘z oldiga vazifa qo‘yilgan jamoa bunday o‘ynamasligi kerak edi. Endi ushbu bellashuvdagi xatolarni ko‘rib chiqib, tahlil qilamiz.

Ta’kidlash joizki, safar bellashuvlarida yaxshi o‘yin namoyish eta olmayapmiz.

O‘z navbatida bugungi uchrashuv hakamlarining ayrim qarorlariga tushunmay qoldim. Futbolchimiz ikkinchi marta ogohlantirilganida, aslida boshqa o‘yinchi o‘yin qoidasini buzgandi. Natijada hisob 1:1 bo‘lib turganida, jamoamiz maydonda 10 kishi bo‘lib qoldi.

Yana bir vaziyatda esa shogirdlarim hujum qilishayotgan paytda raqib hujumchisi tomonidan o‘yin qoidasi buzildi. Ammo hakamlar bunga e’tibor qaratishmadi.

Ushbu mag‘lubiyatdan keyin klub rahbariyati qanday qarorga keladi, noma’lum. Ammo ularning har qanday qarorlarini hurmat qilaman.

- Joriy mavsumda “Sho‘rtan”ning oldiga qanday vazifa qo‘yilgan?

- To‘g‘ri, ayni paytda Pro ligada “Dinamo”, “Lokomotiv” va “Qo‘qon-1912” jamoalari Superliga yo‘llanmasi uchun kurash olib bormoqda. Ammo “Sho‘rtan” ham har bir o‘yinda g‘alaba qozonish uchun maydonga tushadi.

Maqsadimiz, iloji boricha turnir jadvalining yuqori qismidan joy olish.

Kiritildi: 16:29, 14.09.2023.
O'qildi: 1166 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик