Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Rashidjon G‘ofurov: “O‘yinni boshqacha uslubda, jangovar ruhda o‘tkazdik”

Rashidjon G‘ofurov: “O‘yinni boshqacha uslubda, jangovar ruhda o‘tkazdik”

Baho:
+ | -

Pro liganing 17-turidan o‘rin olgan “Navbahor-farm” – “Sho‘rtan” (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida farm jamoamiz murabbiyi Rashidjon G‘ofurov ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

Mezbonlar ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Uchrashuvning keskin kurashlar ostida o‘tishini oldidan bilgandik. Shu bois, o‘yinni boshqacha uslubda, jangovar ruhda o‘tkazdik. Tarkibda ham rotasiyani amalga oshirdik. Ushbu o‘zgarishlar o‘z samarasini berib, yakunda 2:1 hisobida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldik.

- Bugungi raqib - “Sho‘rtan”ning o‘yini borasida nima deya olasiz?

- G‘uzorliklar tarkibida bo‘ydor futbolchilar ko‘pligi bois, mehmonlarning ikkinchi qavatda, yakkakurashlarda yaxshi o‘ynashlari, shuningdek, ko‘proq standart vaziyatlardan foydalanishga harakat qilishlarini yaxshi bilardik va ushbu bahsga shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rgandik.

“Sho‘rtan” kutganimizdek, o‘ynadi. Biz esa ko‘proq jamoaviy o‘yinga e’tibor qaratdik.

Ta’kidlash joizki, biz mazkur bellashuvdan ko‘ra, G‘uzorda erkinroq o‘yin namoyish etgandik va ko‘proq xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirgandik. Bugungi bahsda jamoamiz Pro ligada “jon saqlab qolish”ga harakat qilayotgani, ochko bizga suv va havodek zarur bo‘lganligi bois, yigitlarda biroz bosim yuzaga keldi.

Ammo Xudoga shukr, shogirdlarim yakunda bosimni yengib, g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lishdi.

Kiritildi: 16:30, 14.09.2023.
O'qildi: 1087 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.