Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR

Gyunter faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin

Gyunter faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin

Baho:
+ | -

«Verona» himoyachisi Koray Gyunter faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Janluka Di Marsio.

Manbaning xabariga ko‘ra, SSKA 28 yoshli nemisga da’vogarlik qilmoqda. Qayd etilishicha, himoyachi «armiyachilar» safiga o‘tishga yaqin turibdi. Rossiyada transfer oynasi 14 sentyabr kuni yopildi.

Gyunter 2019 yildan beri «Verona»da o‘ynab kelmoqda. U italyan klubi safida jami 105 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

28 yoshli futbolchining «Verona» bilan shartnomasi 2025 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 10:57, 15.09.2023.
O'qildi: 730 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик