Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Jeydon Sancho "MYU"ning umumiy mashg‘ulotlaridan chetlatildi. Tarixda yana qaysi futbolchilar shunday holga tushgan?

Jeydon Sancho "MYU"ning umumiy mashg‘ulotlaridan chetlatildi. Tarixda yana qaysi futbolchilar shunday holga tushgan?

Baho:
+ | -

APLda futbolchilarga jazo qo‘llashdan keng foydalaniladi. Agarda biror o‘yinchi qoidaga amal qilmasa, murabbiy bilan munosabatlari yomon bo‘lsa yoki hakamga noma’qulchilik qilsa, darrov jazo oladi. Quyida har xil sabablar bilan bir o‘zi yolg‘iz mashg‘ulot o‘tkazishga majbur bo‘lgan futbolchilar bilan tanishasiz.

Jeydon Sancho

Angliyalik hujumchining "Old Trafford"dagi taqdiri Erik ten Xag bilan yomon munosabatlar sababli butunlay o‘zgarib ketishga yaqin keldi. Sanchoning "Arsenal"ga qarshi o‘yinda yo‘qligi ten Xag tomonidan yomon mashg‘ulot o‘tkazganlik orqali izohlandi. 23 yoshli futbolchi bunga javoban o‘z ijtimoiy tarmoqlarida ten Xag izohlarini "butunlay yolg‘on" ekanini bildirdi. Sancho, keyinchalik, bu postini o‘chirib yubordi. Oqibatda, u bir qancha muddat umumiy jamoadan alohida shug‘ullanadigan bo‘ldi.

Pyer-Emerik Obameyang

Obameyang "Arsenal"da to‘purar va sardor maqomidan autsayder darajasiga tushib qoladi. Hujumchiga 2021 yilning dekabrida o‘z oilasini ko‘rib kelish uchun ta’til beriladi. Ammo Obameyang belgilangan vaqtda klub bazasiga qaytmaydi. Oqibatda, u qoidalarni buzganlikda ayblanib, boshqa jamoadoshlaridan ayri mashg‘ulot o‘tkazishga mahkum etiladi. Obameyang ikki oy o‘tib, "Barselona"ga erik agent sifatida ketadi. O‘tgan mavsumda esa u "Chelsi" bilan o‘ta omadsiz mavsum o‘tkazdi.

Luis Suares

Suares uch bor har-xil futbolchilarni tishlab olib, jarimaga tortilgandi. Ammo uning "Liverpul"dagi davri boshqacharoq kechadi. 2013 yilning yozida rahbariyat va hujumchi o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqadi. Bunga Suaresga berilgan va’dalar bajarilmagani sabab bo‘lgandi. O‘sha paytdagi mersisaydliklar ustozi Brenden Rojers futbolchining xulqi sabab, uni alohida ajratib qo‘yadi. Bu narsa, keyinchalik, har ikki tomon uchun foydali bo‘lib chiqadi. Suares yangi mavsumni 31 ta gol bilan yakunlaydi. Afsuski, "Liverpul" APLni "Manchester Siti"ga boy beradi.

Diyego Kosta

Himoyachilarni qo‘rqinchli tushlaridan biri bo‘lgan hujumchi, murabbiylarni jig‘iga tegishni yaxshi ko‘rardi. "Chelsi"da Kosta murabbiylar shtabi bilan kelishmay qoladi. Oqibatda Antonio Konte uni Braziliyaga, o‘zi tug‘ilgan yerga yuboradi. Oradan ko‘p o‘tmay, Konte hujumchiga ortiq jamoaga kerak emasligini aytgan.
Shu sababli, 2017 yilning sentyabrida Kosta "Ateltiko"ga qaytadi. Ispaniyalik futbolchi Madridda ham alohida shug‘ullanishga majbur bo‘ladi. Negaki, unda ortiqcha vazn bor edi.

Pol Pogba

Pogbaning "MYU"dagi ikkinchi davri – bu bir doston qilgulik hikoya. Ammo unga 2011/12 yilgi mavsumda bir haftaga jamoaga qo‘shilish taqiqi qo‘yiladi. Bunga Pogba va uning agenti Mino Rayolaning Ser Aleks Fergyuson bilan kelishmay qolgani sabab bo‘lgandi. Ko‘p o‘tmay, Pogba "Yuventus"ga, erkin agent sifatida ketgandi. "MYU" 2016 yilda yarim himoyachini 90 million funtga qayta xarid qilgan. Olti yildan keyin esa "Yuventus" Pogbani tekinga qaytarib oldi.

Genrix Mxitaryan

Joze Mourinyoning "MYU"dagi davrida eng omadsiz xarid sifatida Mxitaryan qaraladi. Negaki, u 2016 yilda katta summaga xarid qilinsa ham, olti oy ichida murabbiy bilan kelisha olmay qoladi. Oqibatda, Mourinyo uni alohida shug‘ullanishga majbur qiladi. Mxitaryan 2018 yilning yanvarigacha "qizil iblislar" bilan birga bo‘ldi. Keyin esa "Arsenal"ga yo‘l oldi.

Virjil van Deyk

"Sautgempton" rahbariyati van Deykni jamoadan ajratib qo‘yadi. Bunga niderlandiyalik futbolchining 2017 yilning yozida "Liverpul"ga ketaman deb "harhasha" qilgani sabab bo‘lgandi. "Avliyolar" o‘shanda qanday bo‘lmasin, Virjilni saqlab qolishga harakat qilgan. Ammo baribir futbolchining aytgani bo‘ldi. Bir mavsumni amallab o‘tkazgach, 2018 yilda van Deyk "Liverpul"ga yo‘l oladi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 10:58, 15.09.2023.
O'qildi: 1864 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.