Gonkong U-23 terma jamoasi Qatardagi Osiyo Kubogiga saralash bahslaridan o‘rin olgan uchrashuvda O‘zbekistondan uchralgan 10:0 hisobidagi mag‘lubiyatni ovqatdan zaharlanish natijasi deb hisoblamoqda. Bu haqda Samvel Karlenich telegram-kanali xabar berdi.
Gonkong matbuoti tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, deyarli barcha futbolchilarda ko‘ngil aynishi, isitma va boshqa alomatlar kuzatilgan ekan.