Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pochettino: "Jeyms yaxshi tiklanmoqda"

Pochettino: "Jeyms yaxshi tiklanmoqda"

Baho:
+ | -

"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jarohatidan tiklanishda davom etayotgan jamoa sardori Ris Jeymsning holati haqida gapirdi.

"Jeyms yaxshi tiklanmoqda, u allaqachon to‘p bilan ishlamoqda. U maydonga qaytishga qanchalik yaqin ekanini hozircha ayta olmayman. Umid qilamanki, u navbatdagi xalqaro tanaffusgacha qaytadi", - dedi Pochettino matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Jeyms Angliya Premyer-ligasining yangi mavsumida "Liverpul"ga qarshi o‘yinda ishtirok etgandi. Ushbu o‘yindan keyingi mashg‘ulotlardan birida Ris jarohat oldi va shu sababli chempionatning keyingi uch turini o‘tkazib yubordi.

Kiritildi: 13:14, 16.09.2023.
O'qildi: 976 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик