Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona 2-1 Venetsiya
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Messi va Ronaldu yangi klublarida qanday natija qayd etmoqda?

Messi va Ronaldu yangi klublarida qanday natija qayd etmoqda?

Baho:
+ | -

Hozir Lionel Messi AQSHda, Krishtianu Ronaldu esa Saudiya Arabistonida faoliyat yuritmoqda. Endi ular Yevropada emas va ortiq raqobat qilmaydi. Shunga qaramay, bu ikki buyuk siymoni taqqoslash davom etaveradi. Shunday solishtirmalardan biri bu ularning yangi jamoalarida qayd etayotgan statistikalaridir. Qaysi tomonga bormang, hamma Messi va Ronalduning qay biri yaxshiroq ekani haqida gapiradi va bu tabiiy hol. Negaki, ularning raqobati biz sportda ko‘rgan eng yirigi edi. Muxlislar bu uchun ulardan minnatdor bo‘lishlari kerak, albatta.

Ronaldu yaqinda bergan intervyusida aytdiki, uning Messi bilan raqobati o‘z nihoyasiga yetgan. U shunday deydi: "Nafrat? Men bunday narsani hech qachon his qilmaganman. Hozir esa bizning raqobatimiz tarixga aylanib ulgurdi. Shunchaki, muxlislar bizni qarama-qarshi tomonlarga qo‘yishni yaxshi ko‘radi. Aslida bu narsa yomon deb o‘ylamayman. Krishtianu Ronalduni yaxshi ko‘radiganlarda Messiga nisbatan nafrat bo‘lmasligi kerak yoki teskarisi. Biz Messi bilan futbol tarixini o‘zgartirdik. Ikkimizni ham dunyo hurmat qiladi. O‘ylashimcha, mana shu asosiy narsa. Messi o‘z yo‘lidan, men esa o‘zimnikidan ketdim. Meni bilganim esa Messi hozir ham yaxshi harakat qilmoqda. Biz Yevropada emasmiz. Shunday ekan, raqobat ham tugadi. Bizdan qoladigani esa katta meros bo‘ladi".

Messi yangi klubi bo‘lmish "Inter Mayami" bilan ilk bor titul yutishga erishgan edi. Bu voqea klub tarixida ilk bor yuz berdi. 36 yoshli futbolchi MLS tarixiga kirishga harakat qilmoqda. Ronaldu esa hozir Saudiya Arabistoni futbolida faoliyat yuritadi. U ham allaqachon "An-Nasr"ga sovrin keltirdi. Garchand uning jamoasiga mamlakat chempionligi nasib etmagan bo‘lsada, Ronaldu Arab klub chempionlari kubogiga ega chiqdi. Quyida esa Messi va Ronalduning yangi jamoalaridagi statistikasi qayd etiladi.

Messi "Inter Mayami"da

O‘yinlar: 11 ta
Gollar: 11 ta
Assistlar: 5 ta
Jarima zarbasidan: 2 ta gol
O‘rtacha gol urish: 81.3 daqiqa/gol
O‘rtacha gol yoki assist qilish: 55.9 daqiqa
Sovrinlar: 1 ta (Liga kubogi)


Ronaldu "An-Nasr"da

O‘yinlar: 30 ta
Gollar: 26 ta
Assistlar: 7 ta
Xet-triklar: 3 ta
Jarima zarbasidan: 1 ta gol
O‘rtacha gol urish: 101.9 daqiqa/gol
O‘rtacha assist yoki gol: 80.3 daqiqa
Sovrinlar: 1 ta (Arab klub chempionlari kubogi)

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 16:30, 16.09.2023.
O'qildi: 9258 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.