Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Rayan Gravenberx: «Alida kim ekanligimni ko‘rsatsam, bas»

Rayan Gravenberx: «Alida kim ekanligimni ko‘rsatsam, bas»

Baho:
+ | -1

Rayan Gravenberx yozgi transferlar bozorida «Liverpul» tomonidan xarid qilingan 4-futbolchi bo‘ldi.

«Bavariya»da jarohatlar tufayli ishlari yurishmagan niderlandiyalik yangi klubida 38-raqam ostida o‘ynaydi. Istiqbolli yarim himoyachi shartnoma ostiga imzo chekkanidan keyin klub rasmiy sayti jurnalistlarining intervyu haqidagi iltimoslarini rad etolmadi.

- Rayan, transferingiz dedlayn kuni amalga oshdi. Taassurotlar qanday?

- Hammasi muammosiz hal etilgani va nihoyat, bu yerda ekanligimdan xursandman, albatta.

- So‘nggi kunlarda rosa asabiylashgandirsiz...

- Yo‘q, unchalik emas. Xotirjamlikni saqlab qolishga harakat qildim. Binobarin, agentim hammasi yaxshi bo‘lishini aytib, tinchlantirib turdi. Qisqasi, shunchaki, hordiq chiqardim va kutdim. To‘g‘ri, kutish uncha yoqimli emas.

- Nega aynan «Liverpul» variantida to‘xtadingiz?

- Gap dunyo futbolidagi eng yirik klublardan biri haqida ketmoqda. Muxlislar, stadion - tashqi tomondan hammasi juda kuchli ko‘rinadi.

- Taklifni qabul qilishdan oldin Virjil va Kodi bilan gaplashdingizmi?

- Albatta. Ular yaxshigina jamoa yig‘ilgani va hammasi eng yuqori darajada ekanligini aytishdi. Qisqasi, yakuniy qaror chiqarish borasida uzoq bosh qotirmadim.

- Yurgen Klopp bilan asosan nimalarni muhokama qildingiz?

- Hammasini. Yurgen meni iliq kutib oldi. Oldiga qallig‘im bilan keldim va barchasi haqida bafurja gaplashdik. Endi Klopp mashg‘ulotlarida ish boshlash onlarini intiq holda kutyapman.

- «Ayaks» safida «Enfild»­da o‘ynagansiz, ammo o‘sha bahs­ga muxlislar qo‘yilmagandi. Stadiondan nima kutyapsiz?

- Albatta, shovqinli va muxlislar bilan to‘la tribunalarni ko‘rishni istayman hamisha. Yana You’ll never walk alone qo‘shig‘ini balandroq ovozda eshitishni ham.

- Bu yerga kelish masalasida ota-onangiz va do‘stlaringiz bilan ham maslahatlashdingizmi?

- Ha, ota-onam bilan ko‘p gaplashdik. Ular aynan «Liverpul» safiga qo‘shilishimni yoqlashdi.

- Ijtimoiy tarmoqlarda sport zalida «Liverpul» libosida tushgan suratingiz muhokama qilinmoqda. O‘sha foto tarixiga to‘xtalsangiz...

- Rostdanmi? Ochig‘i, buni ko‘rmagandim. Surat 2 yilcha oldin olingan, «Liverpul» formasini esa Ki-YAna Xuver bergandi. Chiroyli futbolka.

- Kuchli jihatlaringizni tavsiflab bersangiz.

- Yaxshigina driblingga egaman, texnik salohiyatim ham chakki emas. O‘ylashimcha, zarba berishni bilaman, box-to-box rolini bajaraman.

- Xo‘sh, o‘yin uslubingiz «Liverpul»ga mos kelarmikan?

- Ha, 100 foiz.

- «Bavariya»da yetarli amaliyotiga ega bo‘lmagansiz. O‘tish qaroriga shu ham ta’sir qildimi?

- Rostini aytsam, ha. «Liverpul»da barchasini yangitdan boshlash imkoni bor. Demak, qattiq ishlashga tayyorman.

- Oldingizga qanday maqsadlar qo‘ymoqdasiz?

- Avvalo, sovrinlar yutish, ko‘proq o‘ynashni. Asosiysi, kim ekanligimiz, kim ekanligimni ko‘rsatsam, bas.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:30, 17.09.2023.
O'qildi: 1457 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик