Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

Neymar «Navbahor»ga qarshi o‘yinda maydonga tushadimi?

Neymar «Navbahor»ga qarshi o‘yinda maydonga tushadimi?

Baho:
+ | -

Ertaga "Al-Hilol" tarkibidagi 8 ta legionerdan 5 nafari "Navbahor"ga qarshi o‘yin uchun ro‘yxatga kiritilishi mumkin. Bosh murabbiy Jezush legionerlar bo‘yicha yakuniy qarorni o‘yinoldi mashg‘ulotidan keyin qabul qilishini aytib o‘tgan.

Braziliyalik futbolchilar Neymar va Mishaelning maydonga tushishi so‘roq ostida qolmoqda. Kechki mashg‘ulotdan keyin ushbu futbolchilarning ertaga maydonga tushish yoki tushmasligi bo‘yicha xulosaga kelinadi. Jamoa yetakchilaridan biri Salim ad-Dovsariy o‘tgan mavsumdagi diskvalifikasiyasi tufayli o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

"Navbahor" futbolchisi Azim Ahmedov Neymarga qarshi o‘ynash unga va jamoadoshlariga qo‘shimcha motivasiya berishini matbuot anjumanida aytib o‘tgan. O‘z o‘rnida, bosh murabbiy Samvel Babayan "Al-Hilol"ning nafaqat legionerlari, balki saudiyalik o‘yinchilari ham yuqori mahoratga ega ekanligini ta’kidlagan va "Navbahor" o‘zi uchun tarixiy natijani qo‘lga kiritishga harakat qilishini ma’lum qilgan.

Bizning taxminimizga ko‘ra, ertaga "Al-Hilol" tarkibida legionerlardan Yassin Bunu (Marokash), Kalidu Kulibali (Senegal), Ruben Nevesh (Portugaliya), Malkom (Braziliya) va Aleksandar Mitrovich (Serbiya) maydonga tushishadi.

Manba: @SamvelKarlenich
Kiritildi: 00:25, 18.09.2023.
O'qildi: 7261 marta.
Fikrlar: 26 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик