Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Saudiya Arabistoni shahzodasi futbol orqali obro‘ni oshirish haqidagi ayblovlarga javob qaytardi

Saudiya Arabistoni shahzodasi futbol orqali obro‘ni oshirish haqidagi ayblovlarga javob qaytardi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon “sportdagi kirdikorlar” deb atalmish ayblovlarga javob berdi.

Inglizcha "Sportswashing" atamasi mamlakat yoki kompaniya sport yutuqlari orqali o‘z obro‘sini oshirishga harakat qilganda qo‘llaniladi. Futbol rivojiga katta miqdorda sarmoya kiritgan Saudiya Arabistoni hukumati aynan shu narsada ayblanmoqda.

"Agar "sportdagi kirdikorlar" deb ataladigan narsa mening mamlakatim yalpi ichki mahsulotini 1 foizga oshirsa, biz "sportdagi kirdikorlar" bilan shug‘ullanishni davom ettiramiz. Menga atama qiziq emas. Sport tufayli YAIM o‘sishi 1 foizni tashkil etdi va men uni 1,5 foizga oshirishni maqsad qilganman. Buni xohlaganingizcha nomlang, lekin biz bu 1,5 foizni olamiz" - deya bin Salmonning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Foot Mercato nashri.

Saudiya Arabistoni iqtisodiyotni diversifikasiya qilish maqsadida 2017 yildan buyon sportga sarmoyani oshirishga qaror qildi. Loyiha mamlakatning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishga ham mo‘ljallangan, deb ishoniladi. Bu yozda bir qancha futbol yulduzlari mahalliy futbol ligasiga qo‘shilishdi; o‘tgan yozda Saudiya klublari transferlar uchun jami 954,3 million yevro sarflagan.

 

Kiritildi: 21:41, 21.09.2023.
O'qildi: 4370 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик