Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Superliga. OKMK - «Metallurg». Prevyu

Superliga. OKMK - «Metallurg». Prevyu

Baho:
+ | -

Superliganing eng murosasiz derbilardan biri sanaluvchi “Metallurg” – OKMK qarama qarshiligida kichik ustunlik bekobodliklar tomonida: 31 uchrashuv, 15 g‘alaba, 3 ta durang, 13 mag‘lubiyat. To‘plar farqi – 51:50, “Metallurg” foydasiga.

Mazkur jamoalarning Olmaliqda kechgan o‘yinlari tarixiga to‘xtaladigan bo‘lsak, unda konchilar ustunligini ko‘rishimiz mumkin. OTMK o‘z maydonidagi 15 bahsning 11 tasida g‘alaba qozongan. 2 ta o‘yinda mehmonlarning qo‘li baland kelgan va yana 2 ta uchrashuvda durang qayd etilgan.

O‘zaro uchrashuvlarda eng ko‘p to‘p kiritgan o‘yinchilar Zohid Abdullayev (“Metallurg”, 7 ta gol) va Mo‘ydin Mamazulimov (OKMK, 5 ta gol)

Quyida Olmaliqda o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuv natijasi bilan tanishing:

03.08.2022  AGMK – Metallurg – 0:1
19.06.2021  AGMK – Metallurg – 2:0
29.02.2020  AGMK – Metallurg – 1:1
28.06.2019  AGMK – Metallurg – 1:1
17.08.2018  AGMK – Metallurg – 2:3

OKMK haqida

Toshkent viloyatining OKMK jamoasiga 2004 yilda asos solingan. OTMK 2008 yilda O‘FF qaroriga binoan oliy liga a’zosiga aylandi. Keyinchalik jamoa musobaqalarda “Olmaliq”, AGMK nomlari ostida ishtirok etdi. O‘tgan yildan e’tiboran esa OKMK nomini oldi. Jamoa kuchlilar safida 435 ta o‘yin o‘tkazgan. Shulardan 167 tasida g‘alaba qozongan. 103 o‘yinda raqiblar bilan ochkoni bo‘lib olgan. 165 ta uchrashuvda imkoniyatni boy bergan. OKMK mazkur uchrashuvlarda raqiblari darvozasiga 611 ta to‘p kiritgani holda o‘z darvozasidan 600 ta gol o‘tkazib yuborgan. OKMKning kuchlilar safidagi eng yirik g‘alabasi – 7:1 (“Qo‘qon 1912”, 2019), Eng yirik hisobdagi mag‘lubiyati esa – 0:6 (“Paxtakor”, 2020).

OKMK mamlakat chempionatlarida 2 marta bronza medaliga sazovor bo‘lgan (2020, 2021 yillar). 2018 yilda esa O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan. OFK kuboklarida (2019, 2021, 2023) uch marta ishtirok etib kelyapti. Bu yil OCHLda saralash bahslaridan muvaffaqiyatli o‘tdi va guruh musobaqasida mamlakatimz sharafini himoya qilmoqda.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 12:02, 22.09.2023.
O'qildi: 971 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.