Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Kanseluning orzusi ushaldi

Kanseluning orzusi ushaldi

Baho:
+ | -

"Barselona" futbolchisi Joau Kanselu orzusi ushalgani haqida gapirdi.

29 yoshli futbolchi sentyabr oyi boshidan buyon kataloniyaliklar klubida "Manchester Siti"dan ijara asosida to‘p tepmoqda. Portugaliyalik avvaldan "ko‘k-anorranglilar" safiga qo‘shilishni chin dildan xohlaganini tan oldi.

"Bu men uchun orzu", - deydi Kanselu. - Men "Barselona"ni 2009 yilda ko‘rganman - futbol tarixidagi eng yaxshi jamoa, hozir o‘zim ham shu klubda o‘ynayapman. Bu aql bovar qilmaydigan narsa, men bunga hali ham ishonmayapman", - deya o‘ng qanot himoyachisi so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

Joau Kanselu "Barselona"ga "Selta" ustidan g‘alaba qozonishda yordam berdi (3:2), golli uzatmani amalga oshirdi va gol urdi.

Kiritildi: 11:24, 24.09.2023.
O'qildi: 4628 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик