Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Ruslan Ahmedov: «Tan olish kerak, «Dinamo» bizdan bir kalla emas, ikki karra ustun»

Ruslan Ahmedov: «Tan olish kerak, «Dinamo» bizdan bir kalla emas, ikki karra ustun»

Baho:
+ | -

Pro liga 18-turi doirasidagi «Dinamo» - «Xorazm» (4:0) o‘yinidan keyin mehmonlar ustozi Ruslan Ahmedov iste’foga chiqishi mumkinligini ma’lum qildi.

«O‘yin haqida fikrlar? Gapirishga gap yo‘q, yutqazdik. Hamma ko‘rdi, 15 daqiqa ichida 3ta gol o‘tkazib yubordik. Bu biz uchun kutilmagan hol bo‘ldi. Bu gollar barcha rejalarimizni buzib yubordi, ruhan sindik. Shokka tushdik, desak ham bo‘ladi. Murabbiy sifatida barcha aybni o‘z bo‘ynimga olaman.

- «Xorazm» mavsumdagi eng yirik mag‘lubiyatiga uchradi. Bunga nimalar sabab bo‘ldi?
- Futbolni aldab bo‘lmaydi. Yilni boshidan o‘zi moliyaviy sabablar tufayli tarkibni yaxshi o‘yinchilar bilan kuchaytira olmadik. Ikkinchi davrada ham kuchayish bo‘lmadi. 1-davradan keyin 6 o‘yinchimiz ketdi, biri Amerikaga yo‘l oldi, hozir yana bir o‘yinchimiz jamoadan ketyapti. Shunga o‘xshash sabablari bor. Shunga qaramay, mag‘lubiyat uchun javobgarlik eng avvalo menda. Sariq kartochkalar va jarohatlar ham bor edi. Aksiga olib bugun legionerimiz ham jiddiy jarohat olganga o‘xshadi. Zaxiramiz katta emas, ancha qisqa.

Ammo tan olish kerak, «Dinamo» bizdan bir kalla emas, ikki kalla ustun. Yirik mag‘lubiyatni ko‘tarish og‘ir, 2-bo‘lim uchungina yigitlarga rahmat aytdim. Mag‘lubiyatni o‘z bo‘ynimga olaman.

- «Xorazm» 5-o‘rin bilan Superliga yo‘llanmasi uchun kurashish imkoniyatiga ega. Bugungi yirik mag‘lubiyatdan keyin bunga o‘zingizda ishonch qoldimi?
- Biz har bir o‘yinda g‘alaba uchun kurashamiz, ammo futbolni aldab bo‘lmaydi, imkoniyatimiz o‘yindan-o‘yinga qisqarib boryapti. Hayot davom etyapti, ehtimol keyingi o‘yinlarda boshqa murabbiy tayyorlab, jamoani olib chiqar.

- Ya’ni, mag‘lubiyat jamoadagi faoliyatingizga ta’sir qilishi mumkin, shundaymi?
- Bo‘lishi mumkin. Balki, iste’fo so‘rashim mumkin. Hamma narsa bo‘lishi mumkin, - deydi urganchliklar ustozi Ruslan Ahmedov.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 22:33, 24.09.2023.
O'qildi: 1135 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик