Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

"Chelsi" yana gol urishni boshlashi uchun Pochettino nima qilishi kerak?

"Chelsi" yana gol urishni boshlashi uchun Pochettino nima qilishi kerak?

Baho:
+ | -

Maurisio Pochettino kelganiga bir necha oy bo‘lganiga qaramay, "Chelsi"da katta o‘zgarish kuzatilmayapti. Yangi mavsumda London klubi faqat ikkita o‘yinda g‘alabaga erishdi. Ulardan biri "Luton Taun"ga qarshi (3-0) bo‘lsa, ikkinchisi liga kubogidagi "Uimbldon" bilan o‘yindagi kambekli g‘alabadir. Qolgan to‘rtta bahs esa ikkita durang va shuncha mag‘lubiyat bilan yakun topgan. Ha, bunda jamoaning omadsizligi ham rol o‘ynadi. Xususan, Pochettino ishongan Nkunku va Broyalar jarohatda edi. Nikolas Jeksonga esa APLda daraja yetishmayapti. Xullas, sabablar bisyor. Biz esa quyida, Pochettino jamoani yaxshilashi uchun nimalar qilishi kerakligi haqida fikr yuritamiz.

Ikkita hujumchi bilan o‘ynash

Bunday variantni "Chelsi"ning jarohatdagi futbolchilar maydonga qaytganida yanada osonroq amalga oshirsa bo‘ladi. Shunga qaramay, hozir ham bu imkonsiz ish emas. Agarda hozirga qadar Nikolas Jeksonga old chiziqda yordamchi yoki sherik bo‘lganida, u shuncha imkoniyatlarni ko‘kka sovurmagan bo‘lardi, balki. Jeksonning ortida Sterling yoki Nkunku kabi futbolchilar o‘ninchi raqam sifatida uni oldinga boshlashi ham, ko‘p narsani o‘zgartirgan bo‘lardi . Pochettino ayni damda "Manchester Siti" qo‘llayotgan uslubga o‘tsa bo‘ladi: Gvardiola 4-4-2 orqali Xoland va Alvaresni oldinda o‘ynatib, Xolandga yordamchi va ayni paytda, unga kattaroq hududlar ochib beruvchi sherik hosil qila oldi. "Chelsi" misolida esa Alvares vazifasini Sterling bajarib bera oladi.

Qanotlar orqali o‘ynash

Bu mavsumning ko‘p o‘yinlarida Poch 3-4-2-1 taktik sxemasidan foydalandi. Bunda qanotdagi ishlar asosan himoyachilar bo‘lgan Malo Gyusto va Ben Chilvellar tomonidan amalga oshirildi. Ikkita hujumkor yarim himoyachilar – Gallaxer va Sterling esa maydon markazida, orqaroqda harakat qildi. Shunga ko‘ra, "Chelsi" o‘z hujumidagi qanot o‘yinchilar yetishmasligidan ham aziyat chekkan bo‘lishi mumkin. Bunday taktika hujumkor qanot himoyachilari bo‘yniga ko‘p narsalarni yuklaydi. Shu sababli 4-3-3 sxemasi Pochettinoga yordam bera oladi. Bu orqali Mudrik va Maduekelar hujumdagi sifatni oshirib berishga hissa qo‘shishadi. Sterling ham har ikki qanotda o‘ynashga qodir. Qolaversa, yangi xarid bo‘lgan Koul Palmerni sinab ko‘rish vaqti kelgan. Ana shunda Chilvell, Gyusto yoki Jeymslar qanotlarda yanada samaraliroq ishlarni qilishlari mumkin bo‘ladi. "Chelsi" bu mavsumda oltita turda beshta gol urdi. Vaholanki, ular yaratgan vaziyatlar soni xG da kamida 10 ta golga tortardi. Demak, nimalarnidir o‘zgartirish lozim.

4-2-3-1 taktik sxemasiga qaytish

Pochettino ko‘pchilik tomonidan o‘z prinsiplariga qarshi holda, taktik sxemani o‘zgartirgani uchun tanqidlarga duchor bo‘ldi. Argentinalik mutaxassis odatda 4-2-3-1dan foydalanardi. Ammo u "Chelsi"da asosan 3-4-2-1 ni qo‘llay boshladi. Bu esa natijalarni yomonlashtirdi xolos. Balki, himoya va yarim himoyaning muvozanatini tiklagan holda, yana eski tizimga qaytish vaqti kelgandir? Fernandesni tayanchga chuqurroq joylashtirib, Palmer kabi futbolchilarni hujumga yordam berishini ta’minlash, Jeksonga ko‘proq imkoniyatlar taqdim etadi. Undan tashqari vingerlar ham gollar urishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 13:35, 25.09.2023.
O'qildi: 2436 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик