Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Xanchjou-2022. Futbol. O‘zbekiston Gonkong ustidan irodali g‘alabaga erishdi va guruh g‘olibiga aylandi

Xanchjou-2022. Futbol. O‘zbekiston Gonkong ustidan irodali g‘alabaga erishdi va guruh g‘olibiga aylandi

Baho:
+ | -

Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo O‘yinlarida futbol musobaqasining guruh bosqichiga yakun yasaldi. Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Gonkongga qarshi ikkinchi o‘yinni o‘tkazib, irodali g‘alabaga erishdi.

Gonkongliklar 4-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Vakillarimiz tanaffusga qadar raqib darvozasiga yo‘l topa olishmadi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Gonkong darvozasi tomon penalti belgilandi. Alisher Odilov esa kuchli zarba bilan to‘pni darvozadan yuqoriga tepib yubordi. Nihoyat, o‘zbekistonliklarning urinishlari 65-daqiqada samara berdi. Qanotdan yetkazilgan to‘pni Alibek Davronov bosh bilan raqib darvozasiga joyladi.

Oradan 5 daqiqa o‘tib esa Jaloliddinov raqib jarima maydoni ichida oxirigacha kurashdi va himoyachilarning xatosidan foydalanib, ikkinchi to‘pni kiritdi.

O‘yin so‘ngida Hojimat Erkinov va Gonkongning bir futbolchisi maydondan chetlatildi. SHU bois, Erkinov keyingi bosqichda maydonga tushmaydi.

O‘zbekiston 6 ochko bilan guruh g‘olibiga aylandi. Terma jamoamizga nimchorak finalda Indoneziya raqiblik qiladi. Uchrashuv 28 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 13:30 da boshlanadi.

Osiyo O‘yinlari. Futbol. "C" guruhi, 2-tur
O‘ZBEKISTON - GONKONG - 2:1 (0:1)

Gollar: Alibek Davronov (65ʼ), Jasurbek Jaloliddinov (70ʼ) – Ley Ngai Xoi (4ʼ)
Noaniq penalti: Alisher Odilov (54)
Chetlatishlar: Hojimat Erkinov (O‘zbekiston), Jahongir Xon (Gong Kong)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:24, 25.09.2023.
O'qildi: 4176 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.