Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

Urganch shahridagi og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston kubogida qanday natijalar qayd etildi?

Urganch shahridagi og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston kubogida qanday natijalar qayd etildi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Joriy yilning 15-23 sentyabr kunlari Urganch shahri og‘ir atletika bo‘yicha kichik o‘smirlar (U15) va o‘smirlar o‘rtasida (U17) O‘zbekiston kubogiga mezbonlik qildi.

Musobaqada 28 ta jamoadan jami 380 nafar sportchi ishtirok etdi.

Qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy o‘tgan mamlakat kubogida U15 sportchilar o‘rtasidagi bellashuvlarda o‘g‘il bolalar bahsida Namangan viloyati jamoasi 3 ta oltin va 1 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, kuchli uchlikdan Chirchiq va Namangan Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari jamoalari joy oldi.

Qiz bolalar o‘rtasida esa Navoiy Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi 2 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 7 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2- va 3-o‘rinlar Qarshi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda Xorazm viloyati jamoalariga nasib etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, ushbu yosh toifasida umumjamoa hisobida 3 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza, jami 9 ta medal qo‘lga kiritgan Navoiy Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi, kuchli uchlikdan Qarshi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda Namangan viloyati jamoalari joy oldi.

U17 sportchilar o‘rtasidagi bellashuvlarda esa o‘g‘il bolalar bahsida Xorazm viloyati jamoasi 2 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, kuchli uchlikdan Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda Kasaba uyushmalari jamoasi joy oldi.

Qiz bolalar o‘rtasida esa Qarshi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza, jami 8 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2- va 3-o‘rinlar Navoiy hamda Namangan Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga nasib etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, ushbu yosh toifasida umumjamoa hisobida 5 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza, jami 10 ta medal qo‘lga kiritgan Qarshi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi, kuchli uchlikdan Xorazm viloyati hamda Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi jamoalari joy oldi.

Ta’kidlash lozimki, aynan ushbu O‘zbekiston kubogida saralab olingan sportchilar 2025 yil Toshkent mezbonligida o‘tadigan Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ular kelasi yil Peruda bo‘ladigan yoshlar o‘rtasidagi hamda Ispaniyala bo‘ladigan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishadi.

Kiritildi: 20:24, 26.09.2023.
O'qildi: 891 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик