Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Artyom Sokol: «Abduqodir Husanov Yevropada o‘ynay olishi darhol ma’lum bo‘lgandi»

Artyom Sokol: «Abduqodir Husanov Yevropada o‘ynay olishi darhol ma’lum bo‘lgandi»

Baho:
+ | -

«Surxon» himoyachisi Artyom Sokol klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida joriy mavsum haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Artyom, chempionat boshlanishi oldidan jamoa Dukentda yig‘in o‘tkazdi. O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini qanday bo‘ldi? Nima ustida ishlagan edingiz?
— Yig‘inimiz yaxshi o‘tdi. Biz asosan jismoniy va taktik jihatlar ustida ishladik. Xatolarimizni tuzatish ustida ishladik. Endi, qolgan o‘yinlarga tayyorlanamiz

— Oxirgi o‘yinlarda mag‘lub bo‘ldik, lekin yaxshi futbol ko‘rsatdik. Hozir «Surxon» raqiblarga qaramay, barcha jamoalar bilan yaxshi kurashmoqda. Nimani evaziga bu sodir bo‘ladi?
— Hammasi jamoaviy mehnati tufayli. Yigitlar mashg‘ulotlarda astoydil harakat qilishadi. Qolaversa, birinchi davra tugadi, ikkinchi davra ham ketmoqda. Futbolchilar o‘z o‘yinlarini, uslubini his qilishdi. Mashg‘ulotlarda o‘z ishimizni bajarsak, istalgan raqib bilan o‘ynay olamiz.

— «Surxon» uchun O‘zbekiston chempionatida tarixdagi eng yaxshi natija: 6-o‘rin. Hozir «Surxon» yettinchi o‘rinni egallab turibdi. Shaxsan siz uchun nima muhim: chempionat yakunida shu pog‘onani egallash? Yoki 5-o‘rin uchun kurashamiz?
— Yuqori o‘rinlar uchun kurasha olishimizga ishonaman. Biz ishlayapmiz va rivojlanmoqdamiz. Jamoamiy va individual tarzda. Biz eng baland o‘rinlarga ko‘tarilib olishimiz kerak.

— «Surxon»ga ligadagi eng yosh murabbiylardan biri Sergey Arslonov ustozlik qiladi. Murabbiy shtabi haqida aytib bering…
— Biz Sergey Sergeevich boshchiligida juda yaxshi ishlayapmiz. Lekin bizning murabbiylar shtabi o‘z ishini a’lo darajada bajarmoqda. Murabbiylarimiz himoyachilar bilan alohida, hujumchilar bilan alohida ishlaydi. Himoyachi sifatida men ko‘pincha Aleksey Vladimirovich Nikolayev bilan birga ishlayman. Biz uchun hamma narsa soat mexanizmi kabi ishlaydi va barchamiz klub manfaati uchun o‘z ishini qilamiz.

— Superliga saviyasi haqida nima deya olasiz?
— Futbol darajasi juda zo‘r, yaxshi texnikaga ega futbolchilar ko‘p. Qiziqarli chempionat. Bu yerdagi barcha o‘yinlarda muxlislarning hissiyotlari ko‘p. Sifatli maydonlarga ega turli stadionlarga tashrif buyurish ham yoqimli. Bu yerda muxlislar ko‘p. Umuman olganda, menimcha, bu yerda juda yaxshi futbol saviyasi

— Belarus va O‘zbekiston chempionatlari qanday farq qiladi?
— Belarusga O‘zbekistondan ko‘proq futbolchilar kela boshladi. Belarus futboli kuchliroq va taktik jihatdan rivojlangan. Texnika borasida esa bu o‘zbek futbolchilar yaxshiroq.

— Siz legioner futbolchi ekaningiz uchun o‘zbek futboli haqida so‘ramasdan ilojim yo‘q. O‘zbekistonga kelishdan oldin, o‘zbek futbolimiz haqida nimanidir bilardingizmi?
— Albatta! «Energetik» futbol klubida o‘ynaganman. U yerda juda ko‘p o‘zbek futbolchilari bor edi. Shunday qilib, bu erda futbol qanday ekanligi haqida tasavvurga ega bo‘ldim.

— Aynan «Energetik»da Abduqodir Husanov bilan o‘ynagansiz. O‘shanda Abduqodir Fransiyada o‘ynashini tasavvur qilish mumkin edimi?
— Uning Yevropada o‘ynash olishi darhol ma’lum bo‘lgandi. Birinchidan, u inson sifatida madaniyatli va bilimli. Futbolchi sifatida esa uning to‘p bilan ishlashi, murabbiylar shtabi tomonidan berilgan ma’lumotlarni o‘zlashtirishga harakat qilganini ko‘rish mumkin edi. U juda yuqori salohiyatga ega ekanligi aniq edi.

— «Surxon»ning ikki nafar futbolchisi Sultonmurodov va Shamsiyev Osiyo o‘yinlarida Olimpiya terma jamoasi safida qatnashmoqdalar. Tajribali futbolchi sifatida yigitlarga nima tilashingiz mumkin?
— Men ularga o‘zlarining eng yaxshi fazilatlarini ko‘rsatishlarini istayman. Chunki bu xalqaro turnir bo‘lib, uni skautlar va mutaxassislar kuzatib boradi. Kelajakda ular ham chaqiruv olishlari uchun terma jamoada o‘zlarini ko‘rsatishlarini tilayman. Eng muhimi, jarohatlar bo‘lmasin. Qaytib «Surxon»ga yuksak marralarni zabt etishda yordam bersinlar.

— Umuman olganda, mamlakatimiz qanday taasurot qoldirdi sizga?
— O‘zbekiston menga juda yoqdi. Odamlar ochiq va mehmondo‘st, hamma yordam berishga harakat qiladi. Juda mazali oshxona, sabzavotlar, mevalar. Bu yerda hayot qiziqarli, hamma narsa tez o‘tadi, barchasi harakatda. Belarusda - hayot sekinroq o‘tmoqda.

— Faoliyatingiz davomida qaysi yulduzlarga qarshi o‘ynagansiz?
— Belarusda biz tez-tez Yevropa jamoalari va turli yoshdagi terma jamoalarga qarshi o‘ynaymiz. Draksler, Ryudigerga qarshi o‘ynagan edim. Shuningdek, Roberto Karlosga qarshi o‘ynadim. Yoshlar darajasida siz doimo bo‘lajak yulduzlarga qarshi o‘ynashingiz mumkin. Va keyin siz bir vaqtlar ularga qarshi o‘ynaganingizni tushunasiz.

— Sizning pozisiyangizda o‘ynayotgan futbolchilardan, qaysi biri siz uchun eng yaxshi?
— Men Tiago Silvaning o‘yiniga qoyil qolaman. U 39 yoshda, lekin juda yaxshi o‘ynaydi va yoshlardan qolishmaydi. U o‘yinni juda yaxshi his qiladi va nazorat qiladi. Albatta,  Serxio Ramos ham (kuladi).

— Futboldagi orzungiz nima?
— Men doimo yuqori natijalarga erishmoqchiman. Men Yevropada kuchli chempionatda o‘ynashni xohlardim. Har qanday futbolchi o‘zini yuqori saviyada sinab ko‘rishni istaydi. Oldin men Konferensiya ligasida o‘ynaganman. Atrof, futbol muhiti va tezligi, o‘yinchilarning saviyasi juda yuqori.

— «Surxon» muxlislari jamoani qo‘llab-quvvatlash uchun har o‘yinda uzoqdan kelishadi. Muxlislar qo‘llab-quvvatlashiga qanday qaraysiz?
— Bizning muxlislar shunchaki ajoyib! Har bir o‘yinga sayohat qilish, uzoq masofalarni bosib o‘tish juda qiyin. Ular bo‘sh vaqtlarini biz bilan o‘tkazishadi. Buning uchun past ta’zim va muxlislarimizga katta hurmat. Ular jamoani juda yaxshi ko‘rishlari ajoyib. Biz o‘ynaymiz va ular uchun borimizni beramiz, shunda ularga bizning o‘yinimiz yoqadi. Buning uchun ularga katta rahmat va imkon qadar tez-tez g‘alabalarimiz bilan ularni xursand qilamiz.

BLIS-SAVOLLAR:

— Osh yoki somsa?
— O‘zbekistonda bir necha turdagi palovni tatib ko‘rdim. «Surxon» oshpazi Nasim aka tayyorlagan palov menga yoqdi. Balki men hali eng mazali palovni tatib ko‘rmaganman. Somsani esa, Chorsuda tatib ko‘rdim. Bozordagi bir odam juda mazali somsa sotyapti, juda mazali ekan.

— «Surxon» safida sovrin yoki UYEFA Chempionlar Ligasidagi 1ta uchrashuvmi?
— Albatta «Surxon»ga sovrin. Jamoa bilan muvaffaqiyatga erishib, Osiyo chempionlar ligasiga yo‘l olaylik.

— «Quruq» o‘yin 0:0 yoki g‘alaba, lekin 4:3 hisobida?
—  4:0 hisobida g‘alaba qozonishimizni hohlayman (kuladi).

— Futbol olamidagi kim bilan 10 daqiqa davomida bir piyola kofe ustida suhbatlashgan bo‘lardingiz?
— Krishtianu Ronaldu bilan. Ronaldu o‘z ustida ko‘p ishlagan. Qanday qilib u bunday muvaffaqiyatga erishganini bilish qiziqarli.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 06:51, 27.09.2023.
O'qildi: 4394 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.