Yarim himoyachi Fermin Lopes "Barselona"ga "Malyorka" bilan o‘yinda (2:2) durang keltirdi.
20 yoshli futbolchi La Liga uchrashuvining 64-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va 75-daqiqadayoq yakuniy natijani tabloga belgiladi.
“Menga Ferminning o‘ynashi yoqadi. U bizga ko‘p foyda keltira oladigan maqsadli va dinamik futbolchi. Bugun u o‘z goli bilan jamoaga katta yordam berdi", - deya Xavining so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Fermin Lopes uchun bugungi o‘yin "Barselona"ning asosiy tarkibidagi uchinchisi bo‘ldi.