Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Xanchjou-2022, taekvondo: Rashitov va Sodiqova yarim finalda, Jaysunov alamli mag‘lubiyatga uchradi

Xanchjou-2022, taekvondo: Rashitov va Sodiqova yarim finalda, Jaysunov alamli mag‘lubiyatga uchradi

Baho:
+ | -

Osiyo O‘yinlarida bugun erkaklar ikki, ayollar bir vaznda bahslarda ishtirok etishmoqda. Ikki vakilimiz yarim final ketma-ket ikkita o‘yinda g‘alaba qozonib, yarim finalgacha yetib kelishdi.

Ulug‘bek Rashitov (-68 kg) dastlab gonkonglik (2:0), so‘ngra taypeylik raqibni mag‘lub etdi (2:0). Unga yarim finalda koreyalik Jin Xo Jun raqiblik qiladi.

Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Feruza Sodiqova ham g‘alabali yurishini davom ettirmoqda. U ilk bosqichda tailandlik sportchini mag‘lub etgan bo‘lsa, chorak finalda qozog‘istonlik Nuray Xussaynovaga qarshi jangda raundlar bo‘yicha 2:1 hisobida ustun kelib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Feruza final yo‘llanmasi uchun eronlik Malika Mirhussayniyga qarshi dayanga chiqadi.

Jasurbek Jaysunov (-80 kg.) esa ilk bosqichda kuvaytlik raqibni mag‘lub etgan bo‘lsa, chorak finalda iordaniyalik Solih el-SHarabatiyga alamli tarzda mag‘lub bo‘ldi. Ilk raundda hamyurtimiz 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkinchi bo‘lim tugashiga bir soniya qolganida Jasur 5:3 hisobida oldinda edi. Ammo so‘nggi soniyalarda zarba o‘tkazib yuborib, raundda boy berdi. Uchinchi bo‘limda ham shunday holat kuzatildi. Jaysunov oldinda bordi va soniyalar qolganida zarba o‘tkazib, medallardan quruq qoldi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:13, 27.09.2023.
O'qildi: 1367 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик