Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad - Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul

Serxio Ramosning uyiga o‘g‘ri tushdi

Serxio Ramosning uyiga o‘g‘ri tushdi

Baho:
+ | -

Noma’lum shaxslar Sevilya chetidagi Serxio Ramosning uyini talon-taroj qildi.

Voqea 20 sentyabr kuni, Chempionlar Ligasi doirasida “Sevilya” va “Lans” uchrashuvi (1:1) bo‘lib o‘tgan kunda sodir bo‘lgan.

Bosqinchilar uyga Ramosning to‘rt nafar farzandi va ikki nafar tarbiyachi bo‘lgan vaqtda kirib borgan. Futbolchining o‘zi maydonda, rafiqasi esa ish bilan shaharni tark etgandi. Bosqinchilar tomonidan yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmagan, bolalar va tarbiyachilarga esa zarar yetmagan.

Qayd etilishicha, bu Ramosning uyini o‘g‘irlash uchun bo‘lgan birinchi urinish emas. 2012 yilda ispaniyalik futbolchi va uning rafiqasi uyda bo‘lgan vaqtda bosqinchilar uyga bostirib kirgan. Biroq, jinoyatchilar uydan hech narsa olib ketolmagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:37, 27.09.2023.
O'qildi: 2705 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик