Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Vesko Steshevich: "Birinchi goldan so‘ng raqibda ham bir nechta imkoniyatlar bo‘ldi"

Vesko Steshevich: "Birinchi goldan so‘ng raqibda ham bir nechta imkoniyatlar bo‘ldi"

Baho:
+ | -

Superliga 20-turi doirasida "Metallurg" – "Andijon" (2:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Vesko Steshevich quyidagicha fikr bildirdi.

"Nima deyishim mumkin? Dastlab jamoamdagi o‘yinchilarni g‘alaba bilan tabriklayman. Juda kerakli bo‘lgan uchrashuvda g‘alaba qozonganimizdan xursandman. Bundan keyin ham yaxshi harakat qilib, turnir jadvalida yanada yuqoriga ko‘tarilishga intilamiz.

Birinchi bo‘limda yomon o‘ynamadik. O‘ylaymanki, taym uchun 1:0 hisobi adolatli bo‘ldi,. Ikkinchi taymda ham o‘yinni o‘z nazoratimizga oldik va ikkinchi golni  kiritdik. Birinchi goldan so‘ng raqibda ham bir nechta imkoniyatlar bo‘ldi. Shunga qaramay, vaziyatni ushlab qoldik va ikkinchi golni ham urdik.

Bir necha kun avval biz derbida maydonga tushgandik. O‘shanda ko‘p energiya sarflagandik. Shunga qaramay, bugungi o‘yinda ikkinchi bo‘limda ham vaziyatni qo‘ldan chiqarmasdan, yaxshi harakat qildik. Muhimi, 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Bu bizga juda kerakli g‘alaba edi", - dedi Steshevich.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 23:36, 27.09.2023.
O'qildi: 965 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.