Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Temur Kapadze: «Asosiy vaqtda o‘yin taqdirini hal qilishni niyat qilgandik»

Temur Kapadze: «Asosiy vaqtda o‘yin taqdirini hal qilishni niyat qilgandik»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze Osiyo O‘yinlari nimchorak final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan Indoneziyaga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Hammani g‘alaba bilan tabriklayman. Qiyin o‘yin bo‘ldi. Indoneziya yaxshi qarshilik ko‘rsatdi. Musobaqada oson o‘yinning o‘zi yo‘q. Bugun ham imkoniyatlarimiz ko‘p bo‘ldi. Ulardan ertaroq foydalanganimizda yaxshi bo‘lardi.

Asosiy vaqtda o‘yin taqdirini hal qilishni niyat qilgandik. Nasib qilgani shu ekan. Keyingi o‘yinga yigitlarni tayyorlashga harakat qilamiz.

Birinchi bo‘limda havo juda dim va issiq bo‘ldi. Shuning uchun o‘yinchilar qiynaldi. Ikkinchi bo‘limda havo harorati pasaygani uchun hammasi joyiga tushdi.

— Jamoa realizasiya borasida oqsayapti, futbolchilarga nimadir yetishmayotgandik. Osiyo kubogi saralash bosqichi o‘yinlarida esa bunday bo‘lmagandi. Buning sababi nimada?
— To‘g‘ri ta’kidlab o‘tdingiz. Har bir o‘yinda imkoniyatimiz ko‘p bo‘lyapti, ammo ulardan foydalana olmayapmiz. Bu ruhiyat bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. O‘yinchida o‘ziga bo‘lgan ishonch yetishmayapti. Yigitlar bilan bu borada ishlayapmiz. Keyingi o‘yinlarda yo‘q joydan gol urib ketishga harakat qilamiz.

Bundan tashqari, ob-havo, maydon va raqiblar faktori ham oz bo‘lsa-da rol o‘ynayapti. Uyda esa muxlislar qarshisida yaxshi harakat qilgandik.

— Chorak finalga qarshi o‘yinda tayyorgarlikda yana nimalarga e’tibor qaratasiz?
— Bunday turnirlarda teng kuchli tarkibga ega bo‘lish muhim ahamiyatga ega ekaniga ishonch hosil qilyapman. Keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun bizda bor-yo‘g‘i ikki kun vaqt bor.  Ertaga tiklanish jarayonini o‘tkazsak, indinga chorak finalga tayyorgarlik uchun bir kun vaqtimiz bo‘ladi. Raqibning kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘yinchilarga tushuntiramiz.

Har bir uchrashuvda maydonga kurash bo‘lyapti, ob-havo o‘z ta’sirini ko‘rsatyapti. Agar vaziyatlardan ertaroq foydalanganimizda bahsni xotirjamroq o‘tkazgan bo‘lardik.

Ikki futbolchimiz chorak finalda ishtirok eta omlaydi. Bu ham boshog‘riq bo‘ladi. Imkoniyatdan kelib chiqib tayyorgarlik ko‘ramiz.

— Bugungi o‘yindan oldin penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko‘rganmidingiz? (indoneziyalik jurnalistning savoli)
— Aynan Indoneziyaga qarshi o‘yin penaltilar seriyasigacha borishini taxmin qilmagandik va shuning uchun maxsus bunga tayyorgarlik ko‘rmagandik. Umuman olganda esa, futbolchilar mashg‘ulotdan keyin maydonda qolib, penalti tepishni mashq qilishadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:57, 28.09.2023.
O'qildi: 2005 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.