Kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining muvaffaqiyatli ishtiroki davom etadi.
Bugun ikki nafar hamyurtimiz yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da boshlanadigan bahslarda Umid Esanov -81 kg, Malika Qahhorova esa -70 kg vazn toifasida final yo‘llanmasi uchun kurashadi.