Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Mirjalol Qosimov "Eyr-Fors"ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi

Mirjalol Qosimov "Eyr-Fors"ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi

Baho:
+ | -

OCHL guruh bosqichi, 2-tur doirasidagi OKMK — «Eyr-Fors» uchrashuvidan oldin tashkillashtirilgan matbuot anjumanida olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bilan birgalikda futbolchi Islom To‘xtaxo‘jayev qatnashdi.

O‘yin haqida.

Mirjalol Qosimov: Fursatdan foydalanib bugungi ustozlarni bayrami bilan tabriklab qolaman. Qolaversa, Timur Kapadze jamoasi Saudiya Arabistonini yutib yarim finalga chiqdi. Ularni ham g‘alaba bilan tabriklayman. Ertangi o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Guruhimizda kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘q. Imkoniyatimiz bor. Guruhda vaziyatni to‘g‘irlash mumkin. Shunday ekan shogirdlarimga ishonaman. Bugungi ko‘tarinki kayfiyatni ertaga davom ettirishadi, deb o‘ylayman. Maqsadimiz “Eyr-Fors” ustidan g‘alaba qozonish“

Savol: Jamoa bu mavsumda gol o‘tkazish bo‘yicha so‘nggi 4 yildagi eng yomon natijasini qayd etmoqda. Oxirgi 3ta o‘yinda darvozadan 9ta to‘p olib chiqildi. Mazkur muammoni ertaga qanday hal qilmoqchisiz?

Mirjalol Qosimov: Albatta bu e’tibor qilishimiz kerak bo‘lgan kerakli nuqta. Iloji boricha xatoni kamaytirish kerak. Oddiy vaziyatlarda to‘p yo‘qotish ham ko‘p muammoga olib keladi. Bir-birini himoya qilib, yordam berib harakat qilish lozim. Haqiqatdan ham juda ko‘p gol o‘tkazib yuboryapmiz. Bu bizga yarashmaydi. Nafaqat OCHLda balki o‘zimizni chempionatda ham standart vaziyatlarda diqqatni yo‘qotmoqdamiz. ”Metallurg“ bilan ilk daqiqalardan standartdan to‘p olib chiqdik. ”Paxtakor“ bilan o‘yindagi ikkinchi golni ham aytish mumkin. O‘ylaymanki, ertaga bunga chek qo‘yiladi.

Savol: ”Eyr-Fors“ ”Al Ittihod“ fonida jarangdor ko‘rinmasa ham jiddiy raqib deyish mumkin. Chunki jamoa so‘nggi bor 24-iyun kuni mag‘lubiyatga uchragan va mavsumni ikkinchi o‘rinda yakunlagan. Bu borada raqib qanchalik o‘rganildi?

Mirjalol Qosimov: Ertaga maydondda nom o‘ynamaydi. Inson harakat qiladi. Raqib yomon jamoa emas. ”Eyr-Fors“ning ”Sepaxon“ bilan kechgan uchrashuvni ko‘rib chiqdik.  Raqib o‘yin davomida 5ta himoyachi bilan ham o‘ynay oladi. O‘yin davomida o‘zgartira oladi. Qolaversa, tarkibida legionerlari bor. Menga 10-raqamdagi o‘yinchisi yoqdi. Yosh bo‘lishiga qaramay jamoani yetaklay olyapti. 8-raqamdagi futbolchisi hujumga tezkorlik bilan o‘tadi. Raqibni noqulay vaziyatga tushiradi. O‘yinchilar orasida bo‘shliq yo‘q. O‘yinning boshidan oxirigacha bo‘shliq berish kerak emas. Umuman guruh bosqichiga kuchsiz jamoa chiqmagan. 

Savol: So‘nggi o‘yinlardagi ochko yo‘qotishlardan keyin futbolchilar ruhiy tomonlama o‘yinga tayyormi?

Mirjalol Qosimov: To‘g‘ri natija qoladi, o‘yin esdan chiqadi. 3ta o‘yinni olganda deylik ”Al Ittihod“ bilan ikkinchi bo‘limda o‘z o‘yinimizni ko‘rsatdik. ”Metallurg“ bilan ham statistikani ko‘rsangiz darvozamizga berilgan zarbalarninn barchasi gol bilan tugagan. Biz 20ga yaqin zarba yo‘lladik. Lekin gol ura olmadik. Ammo o‘yin tomonlama yomon harakat qilayotganimiz yo‘q. ”Paxtakor“ bilan 2:2 bo‘lib turgan vaqtda ham vaziyatlarimiz ko‘p bo‘ldi. Natija ham keladi. Har doim ikkisi bir vaqtda kelmas ekan. Futbolchilar ruhan tayyor. Maqsadimiz Olmaliqqa OCHLni olib kelish edi. Chunki 2 yil oldin pandemiya sabab nasib qilmagandi. Stadionga nechta odam kelsa ham o‘z o‘yinimizni ko‘rsatib g‘alaba tortiq qilishimiz shart.

Manba: ОКМК клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 18:22, 01.10.2023.
O'qildi: 2514 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.