Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Bekxem JCH-98dagi qizil kartochka haqida: "Men ovqatlanmadim, uxlamadim, nima qilishni bilmasdim"

Bekxem JCH-98dagi qizil kartochka haqida: "Men ovqatlanmadim, uxlamadim, nima qilishni bilmasdim"

Baho:
+ | -

David Bekxem ingliz muxlislarining nafratini qanday boshdan kechirganini aytib berdi.

1998 yilgi jahon chempionati 1/8 finalida Angliya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda Bekxem qizil kartochka olgan edi. David 47-daqiqada Diyego Simeonega nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan edi. Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobida durang bilan yakunlangan va penaltilar seriyasida argentinaliklar g‘alaba qozonishgan.

"Men ba’zi xotiralarni o‘chirib tashlaydigan tabletka bo‘lishini xohlardim. Men hayotimni o‘zgartirgan ahmoqona xatoga yo‘l qo‘ydim. Muxlislar menga: "mamlakatni tushkunlikka tushirishga qanday qaraysan?", "sen sharmandasan" - deyishgan.

Men bu haqda hech qachon gapirmaganman deb o‘ylayman. Chunki men buni qila olmasdim. Boshimdan kechirganlarim haqida gapirish men uchun qiyin, bu juda ekstremal edi. Qayerga borsam ham har kuni haqorat qilishardi. Ko‘chada yurib, odamlarning sizga qarab turishini, orqangizdan tupurishini, haqorat qilishini, yaqinlashib, har xil gaplarni aytishini ko‘rish qiyin.

Men ovqatlanmadim, uxlamadim, umuman yaxshi emas edim. Men nima qilishni bilmasdim.

Men hech kimning bunday e’tibor markazida bo‘lishini xohlamagan bo‘lardim. Ota-onam haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Buning uchun o‘zimni kechira olmayman. Bu sodir bo‘lgan voqeaning eng qiyin qismi, chunki men xatoga yo‘l qo‘yganman.

Bu meni ichimda o‘ldirardi. O‘sha mavsumda men har safar to‘qnash kelganimda, raqib bir nechta gol urgandek tuyulardi. Shundan so‘ng Viktoriyani tribunada tomosha qilish qanchalik dahshatli bo‘lsa ham, bu meni o‘zimga qaytargan yagona narsa bo‘ldi" - dedi "Manchester Yunayted" va "Real"ning sobiq futbolchisi Netflix hujjatli filmida.

Kiritildi: 15:09, 02.10.2023.
O'qildi: 2109 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.