Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Desmond Bukingem: «Al-Hilol» - «Navbahor» uchrashuvi natijasi meni hayron qoldirdi»

Desmond Bukingem: «Al-Hilol» - «Navbahor» uchrashuvi natijasi meni hayron qoldirdi»

Baho:
+ | -

Bugun Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Navbahor” uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan “Markaziy” stadioni anjumanlar zalida Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi, 2-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Mumbay Siti” uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Mumbay Siti” jamoasi bosh murabbiyi Desmond Bukingem va mehmonlarning tajribali yarim himoyachisi Rostin Griffits ishtirok etishdi.

Quyida e’tiboringizga Desmond Bukingemning fikrlarini havola etyapmiz.                 

— Garchi Namanganga yarim tundan oshganida yetib kelgan bo‘lsakda, bizni mezbon jamoa vakillari tantanali kutib olishdi, buning uchun ularga  o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.  Yaxshi dam oldik va bo‘lajak bahsga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz.

Guruhimizda kuchli jamoalar bor. “Navbahor” “Al-Hilol” bilan durang qayd etdi, shu sababli, ertangi raqibimiz ham  kuchli. “Navbahor”ga qarshi bahs yuqori darajada o‘tadi deb o‘ylayman.

“Navbahor””da hech qaysi futbolchini alohida ajratib, ko‘rsata olmayman. Boisi, jamoada kuchli futbolchilar yig‘ilishgan. “Al-Hilol” – “Navbahor” uchrashuvini kuzatdik. Natijadan hayron qoldim.

“Navbahor” haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, ushbu klubda jismonan baquvvat yigitlar yig‘ilishgan, shuningdek, jamoa murabbiyi ham juda iqtidorli va katta tajribaga ega.

“Navbahor” hamda “Mumbay Siti” o‘rtasida katta farq bor, boisi, ertangi raqibimiz bungacha xalqaro turnirda ishtirok etgan, biz esa bu turnirda yangimiz. Endigina ikkinchi marta musobaqada qatnashyapmiz. Har bir o‘yin bizga ulkan tajriba beradi.

OCHLda har bir xato qimmatga tushishi mumkin, ammo bu xatolar jamoaga tajriba to‘plashga yordam beradi. Muxlislar bizga ishonishda, jamoani qo‘llab-quvvatlashda davom etishsa, ularni xursand etishga harakat qilamiz.

Namangandagi biz istiqomat qilayotgan mehmonxona ham Mumbaydagi mehmonxonalarga o‘xshash ekan. Undagi sharoitlar juda yaxshi. Parvozdan charchagandik, shuning uchun iloji boricha yaxshi dam olib, tiklanishga e’tibor qaratdik.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:25, 02.10.2023.
O'qildi: 9245 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик