Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Ro‘ziqul Berdiyev: «Futboldagi barcha yaxshi jihatlar bugun o‘yinimizda bor edi»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Futboldagi barcha yaxshi jihatlar bugun o‘yinimizda bor edi»

Baho:
+ | -

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev va hujumchi Azizbek Omonov OCHL guruh bosqichi 2-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "As-Sadd" klubiga qarshi o‘yindan keyin matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

— Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Yigitlarga o‘yin uchun alohida minnatdorchilik bildiraman. Ular katta ishni amalga oshirishdi. Bundan tashqari, muxlislar ham bizni yaxshi qo‘llab-quvvatlashdi.

Raqibning kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rganib chiqqandik. O‘ylashimcha, bugun "As-Sadd"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadik. Futboldagi barcha yaxshi jihatlar bugun o‘yinimizda bor edi. Shuning uchun bugun ishonchli va yoqimli g‘alabaga erishdik.

— Azizbek Omonov O‘zbekiston chempionatida yetarli gol ura olmayotgandi. Buning sababi nimada?
— Bugungi o‘yin va O‘zbekiston chempionati o‘yinlari bir-biridan farq qiladi. Xalqaro o‘yinlarga motivasiya va ishtiyoq boshqacha bo‘ladi. Ikkinchidan, ochiq futbol namoyish etadigan jamoa bilan yengilroq o‘yin ko‘rsatamiz. Bugun ham amalda shunday bo‘ldi. Har bir o‘yinda g‘alaba qozonish uchun maksimal harakat qilamiz. Lekin ba’zi bahslarda biz kutgandek bo‘lmaydi. Lekin shuni aniq ayta olamanki, har uchrashuvga jiddiy yondoshamiz, g‘alabani ko‘zlab harakat qilamiz.

— Jamoa 80-daqiqadan keyin o‘yinni tashlab qo‘ygandek bo‘ldi. Buning sababi nimada?
— Xalqaro o‘yinlar orqali biz futbolimizning saviyasini ko‘rsatib berishimiz kerak. Futbolimiz darajasi yomon emasligini esa bugun isbotladik. Raqib kim bo‘lishidan qat’i nazar ishonchli harakat qilishimiz kerak. Ruhiyat borasida ham bugun muammo bo‘lmadi. Bugun ishonchli g‘alabaga erishdik, kamchiliklarimizni esa to‘g‘irlaymiz.

Azizbek Omonov:

— Bugun o‘zbekistonlik muxlislarni xursand qilishimiz kerak edi. Yuzimiz yorug‘ bo‘ldi. Bugun jamoadoshlarimning mehnati tufayli gollar urdim.

Har bir o‘yinda maydonga gol uramiz deb chiqamiz. Ba’zida harakatlarimiz samara beradi, ba’zida esa o‘xshamaydi. Bugun nasib etgan ekan, o‘z gollarim bilan jamoamga yordamim tegdi. Keyingi o‘yinlarda ham gol urish maqsadida maydonga chiqaman.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:49, 03.10.2023.
O'qildi: 4073 marta.
Fikrlar: 20 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.