Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Xanchjou-2022, boks. Abdumalik Halakov filippinlik olimpiada vise-chempionini mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi

Xanchjou-2022, boks. Abdumalik Halakov filippinlik olimpiada vise-chempionini mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi

Baho:
+ | -

Osiyo O‘yinlarida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi 57 kg. vazn toifasida hamyurtimiz Abdumalik Halakov chorak final jangini o‘tkazdi. Unga filippinlik Karlo Paalam raqiblik qildi.

Hamyurtimiz o‘z taktika va stragetiyasiga tayangan holda raqibini asta-sekin o‘z uslubiga torta boshladi. Tajribali Paalam buni tushungan holda tuzoqqa tushmaslikka urindi, ammo buning uddasidan chiqa olmadi.

Abdumalik dastlabki ikki raundni o‘z foydasiga hal qilgach, uchinchi bo‘limni nisbatan xotirjamroq o‘tkazdi (jarohat olishning oldini olish maqsadida). Shunga qaramay, hamyurtimiz so‘nggi raundda ham raqibga nisbatan ko‘proq zarba berdi. Yakuniy baholar — 5:0 (30:27, 30:27, 30:27, 30:27, 30:27).

Shu tariqa, Halakov Osiyo O‘yinlari yarim finaliga chiqdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:45, 03.10.2023.
O'qildi: 2383 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик