Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

OCHL. «Mumbay Siti» penaltidan gol ura olmagan o‘yinda «Navbahor» yirik hisobda g‘alaba qozondi

OCHL. «Mumbay Siti» penaltidan gol ura olmagan o‘yinda «Navbahor» yirik hisobda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 2-turida “Navbahor” 3-oktyabr, seshanba kuni “Mumbay Siti”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Qayd etib o‘tish joiz, Hindiston klubi vakili Greg Styuart 43-daqiqada penaltidan tepgan to‘pini darvozabon O‘tkir Yusupov qaytardi. Mezbonlar dastlabki 45 daqiqalikda juda sust harakat qilganini ta’kidlash lozim.

Babayan shogirdlari ikkinchi bo‘limda biroz jonlanishdi. Vaziyatlardan foydalanishda esa o‘yinchilarning individual mahorati muhim rol o‘ynadi. 52-daqiqada Jamshid Iskanderov uzoqdan ajoyib zarba bilan darvozani ishg‘ol etdi. Oradan 6 daqiqa o‘tib, Oston O‘runovning qanotdan reyd uyushtirib, uzatgan to‘pini Jasur Yaxshiboyev darvozaga joylab qo‘ydi. O‘yin so‘ngida esa Temurxo‘ja Abduxoliqovning aniq pasidan keyin Doniyor Abdumannopov raqib posboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va "parashyut" uslubida darvozani ishg‘ol qildi — 3:0.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Samvel Babayan shogirdlari ochkolari sonini 4 taga yetkazib oldi.

Eslatib o‘tamiz, Namangan jamoasi 1-turda Saudiyaning “Al-Hilol” klubi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagandi.

OCHL, «D» guruhi, 2-tur
3-oktyabr, seshanba
“Navbahor” – “Mumbay Siti” 3:0 (0:0)
Gollar: 1:0 — 52 Jamshid Iskanderov, 2:0 — 58 Jasur Yaxshiboyev, 3:0 — 88 Doniyor Abdumannopov.
“Navbahor”: 1. O‘tkir Yusupov, 5. Milosh Milovich, 6. Ibrohim Yo‘ldoshev, 7. Oston O‘runov (19. Doniyor Abdumannopov, 82), 8. Jasurbek Yaxshiboyev (77. Asadbek Sobirjonov, 82), 10. Jamshid Iskanderov, 13. Filip Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboyev, 22. Igor Golban, 23. Yovan Jokich, 91. Toma Tabatadze (21.Temurxo‘ja Abduxoliqov,72).
“Mumbay Siti”: 1. Purba Lachenpa, 4. Tiri, 5. Mehtab Singh, 6. Vikram Partap (29. Bipin Singh, 70), 7. Lalliagzuala Chhangte (23. Abdunosir El Xayati, 58), 8. Van Nieff, 18. Rostin Griffis, 24. Greg Styuart, 30. Jorje Pereyra Dias, 31. Akash Mishra, 45. Lalengmavia.
Ogohlantirishlar: Ibrohim Yo‘ldoshev (62), Jorje Pereyra Dias (66).
Noaniq penalti: Greg Styuart (43, darvozabon)

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:08, 03.10.2023.
O'qildi: 2064 marta.
Fikrlar: 27 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.