Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

Superliga. “Turon” – “Metallurg”. Prevyu

Superliga. “Turon” – “Metallurg”. Prevyu

Baho:
+ | -

Tashkil etilganiga hali ko‘p bo‘lmagan Yaypanning “Turon” jamoasiga qarshi “Metallurg” Superligada bugungacha 3 ta o‘yin o‘tkazishgan.

Tomonlar 1 martadan g‘alaba qozonishgan. Yana bitta uchrashuvda durang natija qayd etilgan. “Turon” kuchlilar safidagi birinchi g‘alabasini aynan “Metallurg”ga qarshi o‘yinda tantana qilgan. Jamoalarning bu yil Bekobodda kechgan bahsida kuchlar teng keldi. Mezbonlardan Shahzodjon Ne’matjonov, yaypanliklardan Humoyun Murtozoyev muvaffaqiyat qozongandi. Umumiy gollar nisbati – 3:2, “Turon” foydasiga.
 

Jamoalarning barcha uchrashuvlari:

03.07.2023  «Metallurg» - «Turon»  1:1
21.11.2022  «Metallurg» - «Turon»  1:0
02.07.2022  «Turon» - «Metallurg»  2:0

“Turon” haqida
“Turon” futbol klubi 2017 yil tashkil etilgan. Professional ligalardagi debyutini 2019 yili O‘zbekiston Pro ligasining B ligasida amalga oshirdi. Ilk mavsumidayoq B ligada muvaffaqiyat qozonib, Pro liganing A ligasiga yo‘llanma oldi. 2020 yilgi mavsumda jamoa tarkibi bir qator kuchli futbolchilar bilan to‘ldirildi va Pro ligada yetakchiga aylanib oldi. Mavsum yakunida Farg‘onada “Neftchi” jamoasiga qarshi “Istiqlol” stadionidagi derbida g‘alaba qozonib, Pro liga chempioniga aylandi hamda Superliga yo‘llanmasini rasmiylashtirdi.

Elitadagi debyut omadsiz chiqdi. Jamoa oxirgi o‘rinni egallab Pro ligaga tushib ketdi. Ammo bir yilning o‘zidayoq yana kuchlilar safiga qaytishning uddasidan chiqdi.

“Turon” bugungacha Superligada 46 ta uchrashuv o‘tkazgan. Jamoa 6 ta o‘yinda g‘alaba qozongan. 21 ta bahsda durangga imzo chekkan. 19 ta uchrashuvda imkoniyatni boy bergan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati – 30:66. Jamoaning eng yirik g‘alabasi – 2:0, eng yirik mag‘lubiyati – 0:5.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 06:31, 04.10.2023.
O'qildi: 1042 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик