Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Xanchjou-2022: Chavandozlarimiz saralashdan muvaffaqiyatli o‘tishdi

Xanchjou-2022: Chavandozlarimiz saralashdan muvaffaqiyatli o‘tishdi

Baho:
+ | -

Konkur bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Osiyo O‘yinlari saralashidagi ishtirokini yakunlashdi. Hamyurtlarimiz yakkalik va jamoaviy dasturda bahs olib borishdi. Unda Bahromjon Gaziyev («Ledi» laqabli otda), Bekzod Qurbonov («Santos Hippica»), Xurshid Alimjonov («Chempions liga») va Umidjon Komilov («Kalleko») yurtimiz sharafini himoya qildilar.

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasining ma’lum qilishicha, saralash bahslarida 17 mamlakatdan 56 nafar chavandoz ishtirok etib, 40 nafar sportchi yarim finalga yo‘l olgan. Ular orasida hamyurtlarimizdan B.Gaziyev, B.Qurbonov hamda X.Alimjonovning nomlarini uchratish mumkin. Bugun ularning otlari sanitar tekshiruvdan o‘tadi. Ertaga esa medallar uchun yakuniy bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 06:56, 05.10.2023.
O'qildi: 918 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик