Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Xanchjou-2022'da 17-oltin: Hasanboy Do‘smatov Osiyo o‘yinlarida ilk marta g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Xanchjou-2022'da 17-oltin: Hasanboy Do‘smatov Osiyo o‘yinlarida ilk marta g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Osiyo o‘yinlarida boks bo‘yicha final janglari boshlandi. Erkaklar o‘rtasidagi eng yengil vazn — 51 kg.da Xanchjouga tashrif buyurgan Hasanboy Do‘smatov faoliyati davomida yana bir yirik sovrinni qo‘lga kiritdi.

Hamyurtimiz finalda Tailand vakili Titasan Panmotga qarshi jang olib bordi. Raqib masofada jang qilish foyda bermasligini bilib, ilk bo‘limdanoq pressing uslubida bosim o‘tkaza boshladi. Bu uslub Do‘smatov uchun biroz kutilmagan bo‘lsa-da, u raqibining ochilgan himoyasidan zarbalar berishga muvaffaq bo‘ldi hamda raundni o‘z foydasiga hal qildi.

Hasanboy ikkinchi bo‘limdan boshlab Panmot uslubiga tezda moslashib oldi va keyingi raundlarni muammosiz g‘alaba qozondi. Yakuniy baholar — 5:0 (30:27, 30:27, 30:27, 29:28, 29:28).

Shu tariqa, 2018 yilgi Osiyo O‘yinlarida kumush medalni qo‘lga kiritgan Hasanboy Do‘mastov bu safar yurtimizga oltin medal bilan qaytadigan bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida. Hasanboy Do‘smatov bir martadan olimpiada va jahon chempionligini, ikki marta Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:01, 05.10.2023.
O'qildi: 3426 marta.
Fikrlar: 32 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.