Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

10 yilda 1 milliarddan ko‘p – bu APL rekordi

10 yilda 1 milliarddan ko‘p – bu APL rekordi

Baho:
+ | -

«MYU» rahbariyati 31 iyul kuni Adidas kompaniyasi bilan yangi, 10 yillik hamkorlik shartnomasini rasmiylashtirdi.

Unga muvofiq, Germaniya sport brendi 2035 yilning yoziga qadar Manchester jamoasining texnik homiysi maqomida qoladi. Daily Mail nashri ma’lumotiga qaraganda, Adidas va «Yunayted» o‘rtasidagi ushbu bitim APL tarixidagi rekord kelishuvdir. Yangi shartnoma bo‘yicha jamoaning yillik daromadi 75 milliondan 90 million funt (115 million dollar)ga ko‘tariladi. Demak, 10 yillik hamkorlik qiymati 1 milliard dollardan baland!

«MYU»ning Adidas bilan yan-gi bitimi APL uchun rekord bo‘lsada, dunyo miqyosida bunday emas. Aniqrog‘i, «qizil iblislar» shartnomasi jahon bo‘yicha 3-o‘rinda qayd etildi. Lekin alohida ta’kidlash kerak, ko‘plab katta klublar ham bu masalada o‘rtacha ko‘rsatkichga ega. «Yunayted» esa homiylar bilan ish ortidan barqaror ravishda katta pul oladigan kam sonli klublardan biridir. To‘g‘ri, shartnomada ba’zi nyuanslari ham bor. Deylik, agar klub qatorasiga ikki mavsum Yevropa Chempionlar Ligasiga chiqolmasa, Adidas to‘lovni qisman qisqartiradi.

Boshqa klublarga to‘xtalsak, «Liverpul»da homiylar bilan ishlash sxemasi ancha murakkab. Shartnoma bo‘yicha Nike yiliga 30 mln. funt to‘laydi - bu naqd summa. Shuningdek, klub futbolkalar sotuvidan ham ulush oladi. Shu tariqa «Liverpul»ning yillik daromadi o‘rtacha hisobda 70-80 mln. funtga yetadi. Yana bir jihat shuki, «Manchester Siti» va Puma hamkorligi Angliyada Adidas hamda Nike brendlarining umumiy to‘liq gegemoniyasini biroz susaytirdi. Amaldagi chempionning homiylik shartnomasida o‘ziga xos tomoni ham bor. Chunonchi, kelishuv faqat «Manches­ter Siti» emas, balki City Football Group tarkibidagi «Melburn Siti» (Avstraliya), «Jirona» (Ispaniya), «Atletik Torke (Urugvay) va «Sichuan Szyun» (Xitoy) klublarini ham qamrab olgan.

Shu o‘rinda yana bir ma’lumot. The Sun nashrida yozilishicha, «MYU» orada Meyson Grinvud masalasida Adidas bilan maxfiy muzokara olib borgan va texnik homiy zo‘ravonlikda ayblangan hujumchining qaytishini ma’qullagan. To‘g‘ri, Germaniya brendi vakillari bu ma’lumotni tasdiqlashmadi. Qolaversa, Grinvud oxir-oqibat, ijara kelishuvi bo‘yicha «Xetafe»ga yo‘l oldi.

Adidas tomonidan «MYU»ga mavsum-2023|2024 uchun tayyorlangan formalar

Uy o‘yinlari uchun - an’anaviy qizil-qora ranglarda.

Safar o‘yinlari uchun - qizil va oq chiziqli quyuq yashil rangda. Ushbu kutilmagan dizayn «MYU»ning ilk safar o‘yinlarida foydalangan liboslaridan ilhomlangan holda ishlangan.

Zaxira - to‘liq oq rangda, logotip ham juda oddiy.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:49, 05.10.2023.
O'qildi: 2846 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.