"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag qiyinchiliklarga tayyor ekanligini aytdi.
“Qizil iblislar” niderlandiyalik mutaxassis boshchiligidagi ikkinchi mavsumni unchalik yaxshi boshlay olmadi: jamoa atigi to‘qqiz ochko bilan Premyer-ligada o‘ninchi o‘rinni egallab turibdi, shuningdek, Chempionlar ligasi guruh bosqichining ikkita o‘yinida ikkita mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.
“Bu sabr-toqat va xotirjamlikni talab qiladi, lekin biz birlashishda va futbolga e’tibor qaratishda davom etamiz. Men bu yerda muvaffaqiyatsizliklarni boshdan kechirishim kerakligini bilardim. Balki bu klubda tez-tez sodir bo‘layotgandir, lekin aytganimdek, biz bor e’tiborni futbolga qaratishimiz kerak", - dedi Ten Xag matbuot anjumanida.
APLning 8-turi doirasida “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Brentford”ga qarshi bahs olib boradi.