Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

A seriya. «Inter» g‘alabani qo‘ldan chiqardi, «Yuventus»da ishonchli g‘alaba, «Milan» esa dramatik o‘yinda 3 ochko qo‘lga kiritdi

A seriya. «Inter» g‘alabani qo‘ldan chiqardi, «Yuventus»da ishonchli g‘alaba, «Milan» esa dramatik o‘yinda 3 ochko qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Italiya A seriyasining 8-turidan o‘rin olgan bir qator o‘yinlar 8 oktyabr kuni bo‘lib o‘tdi.

«Inter» o‘z maydonida «Bolonya»ni qabul qildi. Mezbonlar 13-daqiqaga kelib 2 ta to‘p farqi bilan oldinga o‘tib olgan bo‘lsalar-da, o‘yinda 2 ta to‘p o‘tkazib yuborib, g‘alabani qo‘ldan chiqarishdi.

«Yuventus» esa «Torino»ga qarshi Turin derbisida 2 ta gol evaziga g‘alabaga erishdi.

"Jenoa" - "Milan" o‘yini dramatik tarzda o‘tdi. 87-daqiqadagina Pulishich gol urib "Milan"ni oldinga olib chiqdi. Hakam deyarli bitta ekstra taym qo‘shib berdi va bu vaqt ichida ikkala jamoa darvozaboni qizil kartochka oldi. "Rossoneri"da o‘zgarish qolmagani uchun Olivye Jiru darvozadan joy oldi. Oxirgi sekundlarda u xavfli hujumni bartaraf qildi va jamoasiga g‘alaba keltirdi. 3 ochko olgan "Milan" o‘z hamshaharlarini ortda qoldirib, jadvalda peshqadam bo‘lib oldi.

Italiya A seriyasi, 8-tur
Inter – Bolonya 2:2 (2:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – 11 Acherbi, 2:0 – 13 Martines, 2:1 – 19, penalti Orsolini, 2:2 – 52 Zirkzee.
Inter – Zommer, Dumfris (Kuadrado, 55), Acherbi, Pavar, Bastoni, Dimarko (Karlos Augusto, 55), Mxitaryan (Frattezi, 76), Chalxanoglu (Aslani, 83), Barella, Tyuram (Sanches, 55), Martines.
Bolonya – Skorupski, De Silvestri (Korassa, 83), Bekema, Kalafyori, Likoyannis, Froyler, Ebisher, Fergyuson, Orsolini (El-Azzuzi, 83), Ndoye (Salemakers, 61), Zirkzee (van Xoydonk, 78).
Ogohlantirishlar: Ndoye (33), Martines (58), Indzagi (71), Bastoni (90), Fergyuson (90), Bekema (90).
 
Yuventus – Torino 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 47 Gatti, 2:0 – 62 Milik.
Yuventus – Shchensni, Danilo, Bremer, Gatti, Vea, Kostich (Kambyazo, 76), Rabyo, Lokatelli, Makkenni, Miretti (Milik, 46), Kin (Yildiz, 86).
Torino – Milinkovich-Savich, Bellanova, Rodriges (Voyvoda, 84), Sxyurs, Tamez, Lazaro (Gineytis, 84), Vlashich, Ilich (Pellegri, 84), Richchi, Sek (Sanabriya, 71), Sapata.
Ogohlantirishlar: Bellanova (21), Gatti (71).
 
Jenoa – Milan 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 87 Pulishich.
Jenoa – Jozep Martines, Sabelli (Ekuban, 68), de Vinter (Leali, 90), Bani, Dregushin, Vaskes, Xaps (Pushkash, 90), Malinovskiy (Kutlu, 68), Torsbyu, Frendrup, Gudmundsson.
Milan – Menyan, Florensi (Kalabriya, 66), Tomori, Tiav, Ernandes, Adli (Jiru, 66), Reynders, Musa, Chukvueze (Pulishich, 46), Okafor (Rafael Leau, 46), Yovich (Bartezagi, 90).
Ogohlantirishlar: Jilardino (10), Ernandes (21), Florensi (22), Musa (47), Adli (62), de Vinter (69), Jozep Martines (86), Tomori (90).
Chetlatish: Menyan (90), Jozep Martines (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:23, 08.10.2023.
O'qildi: 1915 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик