Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Brunu Fernandesh: "Bu g‘alabaga haqli edik"

Brunu Fernandesh: "Bu g‘alabaga haqli edik"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh "Brentford" ustidan qozonilgan dramatik g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Qo‘shib berilgan vaqtning uchinchi daqiqasigacha hisobda ortda qolgan Erik ten Xag shogirdlari o‘zida kuch topib, uch ochkoni tortib olishdi – 2:1. “Qizil iblislar”ning ikkala goliga ham zaxiradan maydonga tushgan yarim himoyachi Skott Maktominey mualliflik qildi.

“Biz yengillik va quvonchni his qilamiz. Biz bu g‘alabaga haqli ekanligimizni tushunamiz, chunki o‘yinni nazorat qildik va birinchi bo‘limda gol urishimiz mumkin edi. Raqib birinchi bo‘lib gol urganida har doim qiyin bo‘ladi, ammo bugun bizni Skottning ikkita goli qutqarib qoldi. Bu uch ochko biz uchun zarur edi.

Bugun jamoa birdamlik va xarakter namoyish etdi. O‘ylaymanki, bizning sa’y-harakatlarimiz ijobiy bahoga loyiq", - dedi Fernandesh MUTV telekanaliga bergan intervyusida.

Kiritildi: 09:39, 08.10.2023.
O'qildi: 876 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик