Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Chezare Prandelli: «Hozir yosh futbolchilar deyarli erkinlikka ega emas»

Chezare Prandelli: «Hozir yosh futbolchilar deyarli erkinlikka ega emas»

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasini Yevro-2012 finaliga olib chiqqan, «A» seriyaning bir qator klublarini boshqargan taniqli mahalliy murabbiy Chezare Prandelli «Fiorentina»ning «Atalanta»ga qarshi o‘yini (3:2)ni tribunadan turib kuzatdi.

Faoliyati davomida har ikki jamoaga ustozlik qilgan mutaxassis ana shu o‘yindan so‘ng OAV vakillari savollariga javob qaytardi. Tajribali sobiq murabbiy suhbatni «A» seriyaning joriy mavsumi favoriti haqidagi fikri bilan boshladi: «Eh... Bu savolga javob berish unchalik qiyin emas, bu «Inter»: jamoa uchmoqda va u 20 nafar o‘yinchidan iborat sifatli va chuqur tarkibga ega. «Neradzurrilar» yoshlar va tajribalilarning to‘g‘ri uyg‘unligini to‘pladi: Frattezi va Tyuramdan tortib Mxitaryangacha. Jamoa tetik va jismonan kuchli harakat qilmoqda: ayni paytda ularga teng kela oladiganini topish amri mahol».

- «Inter» ortidan «Yuve» ketmoqda. Turinliklar Skudetto uchun real da’vogarlik qilishi mumkinmi?

- Allegri vaziyatni faqat dekabrdan keyingina baholash mumkinligini aytganda to‘g‘ri gapirdi: «Yuventus»ning o‘sish jarayonida juda qiziq narsa bor. Jamoa maydonda qanday qilib turib berishni biladi, ishonch kuchaygan va agar hujumdagi bu juftligi xuddi shunday samarali o‘ynashni davom ettirsa...

- Vlaxovich va Kyeza juftligi «Inter»dagi Tyuram bilan Lautaro va «Napoli»dagi Osimxen kabi o‘z klublari muvaffaqiyatini belgilaydilar. Ushbu mavsumda qaysi jamoa ustunlik qilishini tushunishga harakat qilar ekanmiz, maydonda hamma narsa hujumchilar tomonidan hal qilinishini ishonch bilan aytish mumkin...

- Axir, futbol tarixida har doim shunday bo‘lgan: siz yaxshi o‘ynashingiz, uyushgan jamoaga ega bo‘lishingiz, yechimlar topishingiz mumkin, ammo agar jamoada golli vaziyatlarni yakunlay oladiganlar bo‘lmasa, unda hamma narsa sezilarli darajada murakkablashadi. Men futbolimizning bu jihati haqida uzoq vaqtdan beri gapirib kelaman: biz yillar va iste’dodlarni yo‘qotamiz, chunki bolalarga o‘zlarining instinkt va iste’dodlarini namoyon etish erkinligini berish o‘rniga taktikaga e’tibor qaratamiz. Aslida, yosh futbolchilar o‘zlarining tajovuzkor fazilatlarini namoyon etish uchun deyarli erkinlikka ega emaslar.

- Vlaxovichning «Lasio» darvozasiga kiritgan birinchi goli iste’dod va ins­tinkt sintezidir. Shundaymi?

- Albatta, ha: buni shunchaki amalga oshirish mumkin emas, uni o‘yinchi ichiga qo‘yish kerak. Esimda, men o‘zim yosh bola edim, biz yarim himoyachilar jarima maydonchasiga yaqinlashdik va o‘zimizni yo‘qotib qo‘ygandek his qildik, bo‘sh hududda harakat qila olmadik. Lekin jamoada har doim bitta hujumchimiz bor edi, u darvozani hatto qaramasdan «his qilardi». Bu tug‘ilishdan berilgan va uni himoya qilish, erkinlik berish shart bo‘lgan iste’dod. Afsuski, buni har doim ham qila olmaymiz.

- Bu futbolimizning asosiy muammolaridan biridir. Spalletti terma jamoada Raspadoriga ishonch bildirdi. Bu haqda nima deya olasiz?

- Men uni har doim markaziy hujumchi sifatida ko‘rganman. Bu rolda o‘ynash uchun barcha xususiyatlarga ega. U sizga Paolo Rossini eslatmayaptimi? Ba’zi harakatlari, jamoadoshlarini boshqarish qobiliyati xuddi Paolodek, nazarimda. Garchi ularni taqqoslash juda qiyin bo‘lsa-da: u raqib darvozasi oldida sovuqqonlikka ega emas, shuning uchun taqqoslashlarni amalga oshirish uchun unga katta klubda hali biroz vaqt o‘ynashi talab etiladi. Shunga qaramay, u hamma narsaga ega.

- Vlaxovich ayni paytda «Yuve»da o‘zgarib bormoqda: unga ishonch paydo bo‘lganga o‘xshaydi.

- Dushan g‘ayratli yigit va birinchi navbatda xotirjamlikni saqlashni o‘rganishi kerak. Bu ajoyib fazilatlarga ega bo‘lgan o‘yinchi, u har safar to‘pni olganida atrofdagilarga hech narsa isbotlashi shart emasligini tushunishi kerak. Shunchaki xotirjam o‘ynashi kerak, chunki uning yo‘li oldindan belgilab qo‘yilgan: buyuk jamoada chempion bo‘lish.

- U va Kyeza maydonda yaxshi til topishadi: bu «Yuve»uchun qo‘shimcha afzallik bo‘la oladimi?

- Ular bir-birlarini yanada ko‘proq izlashlari kerak! Sifat, xususiyatlar va yosh jihatidan ular haqiqatan ham eng kuchli juftliklardan birini ifodalaydi. Federiko - orqaga tortilgan hujumchimi? Allegri unga ko‘proq erkinlik beradi va u o‘rnini qoplashda ko‘proq intensivlik bilan javob beradi. Hozir u ancha yaxshi ko‘rinmoqda, buni qanday qilib ortdan hujum tashkil qilayotganini kuzatib amin bo‘lishingiz mumkin, garchi u o‘ng qanotda harakat boshlagan paytlarda eng qiziqarli yechimlarni ko‘rsatsa ham: Kostich bilan aloqa ham qiziq.

- Chempionatda kimning hujum chizig‘i eng kuchlisi?

- Savol murakkab... Bularning barchasi aniq bir lahzaga bog‘liq va biz futbolchilarning fazilatlarini bilamiz: Osimxen ortdan boshlaydigan hujumlari va jismoniy holati bilan o‘yinda tengsiz, Lautaro jamoaning yetakchisi sifatida tobora rivojlanib bormoqda, Tyuramning oxirgi o‘yinlardagi harakatlaridan kelib chiqsak, u o‘z kuchi va turli xil yechimlari bilan yaxshi taassurot qoldirdi. Bulardan tashqari, albatta, Kyeza va Vlaxovich bor - «Yuve»taqdirini belgilaydigan g‘ayrioddiy istiqbolga ega yosh yigitlar!

- «Byankoneri» ruhiy jihatdan yanada erkinroq o‘ynay boshlagandek ko‘rinmoqda: ehtimol, bunga o‘tgan mavsumdagi sud xaosining tugashi ta’sir qilgandir?

- Albatta. O‘tgan mavsumda sodir bo‘lgan voqealar jamoaga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu esa klubda noaniqlik va katta o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Maks jamoani saqlab qolish uchun juda yaxshi ish qildi, chunki u hujumda barcha yuk ikki yigitning yelkasiga tushganini tushundi. Hozirda jamoada g‘ayrat paydo bo‘lganligi jamoaning ixchamligi va unda sheriklariga qo‘l silkitadigan o‘yinchilar yo‘qligi bilan bog‘liq. Ha, ehtimol «Inter»da bundan ham ko‘proq narsa bordir, lekin Allegri aytganidek, biz barcha xulosalarni dekabrdan keyin qilamiz. Agar Dushan va Fede har doim sog‘­lom bo‘lishsa...

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:31, 11.10.2023.
O'qildi: 1144 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик