Jarohatidan tiklanayotgan «Torino» himoyachisi Saba Sazonov «Inter»ga qarshi A Seriya 9-tur uchrashuvida maydonga qaytishi mumkin.
Sport Ekspress xabariga ko‘ra, turinliklar murabbiylar shtabi 21 yoshli gruziyalikni Milan klubiga qarshi o‘ynay olishini kutishmoqda.
Avvalroq Sazonov Italiya chempionatining 7-turi doirasidagi «Verona»ga (0:0) qarshi o‘yinda jarohat olgani haqida xabar berilgandi.