Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl

O‘rtoqlik uchrashuvi. O‘zbekiston - Vyetnam 2:0 (videosharh)

O‘rtoqlik uchrashuvi. O‘zbekiston - Vyetnam 2:0 (videosharh)

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Xitoyning Dalyan shahrida Vyetnamga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.

Uchrashuv yuqori tempda boshlanmadi. Bahsning 26-daqiqasida Oston O‘runov individual mahorati evaziga hisobni ochdi. U raqb jarima maydoni ichiga burchak tomondan kirar-kirmas bir himoyachini aldab o‘tdi hamda darvozaning olis burchagini aniq nishonga oldi.

Ikkinchi bo‘limda esa "standart"dan hisobdagi farqni oshirdik. Burchakdan yetkazilgan uzatmani Husniddin Aliqulov bosh bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Ushbu hisob o‘yinda boshqa o‘zgarmadi. Katanes mazkur uchrashuvda ikkita bo‘limda ikki xil tarkibdan foydalanganini ta’kidlash lozim.

Terma jamoamiz keyingi o‘rtoqlik uchrashuvini 16 oktyabr kuni Xitoyga qarshi o‘tkazadi.

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi

O‘ZBEKISTON - VYETNAM - 2:0 (1:0)

Gollar: Oston O‘runov (26), Husniddin Aliqulov (66)

O‘zbekiston: 1. O‘tkir Yusupov (Botirali Ergashev, 46), 3. Hojiakbar Alijonov (22. Abbos Fayzullayev, 58), 5. Rustam Ashurmatov (14. Abduqodir Husanov, 58), 13. Sherzod Nasrullayev (4. Farrux Sayfiyev, 46), 15. Umar Eshmurodov (2. Alibek Davronov, 79), 23. Husniddin Aliqulov (18. Abdulla Abdullayev, 79), 6. Aziz G‘aniyev (Aziz Turg‘unboyev, 46), 9. Odilbek Hamrobekov (7. Otabek Shukurov, 46), 10. Jaloliddin Masharipov (Jasur Yaxshiboyev, 58), 11. Oston O‘runov (8. Jamshid Iskanderov, 46), 21. Igor Sergeev (17. Bobir Abdixoliqov, 46).

Ushbu uchrashuvda kiritilgan gollar va eng esda qolarli vaziyatlarni tomosha qiling.

Kiritildi: 20:13, 13.10.2023.
O'qildi: 5158 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.