Ismoil Bennaser jarohatidan asta-sekin tuzalib bormoqda.
"Milan" yarim himoyachisi shu yilning may oyida "Inter"ga qarshi o‘yinda tizzasidan jarohat olgan edi. U operasiya qilindi va shundan beri o‘ynamadi.
Bugun jazoirlik futbolchi individual mashg‘ulotlarga kirishdi. "Rossonerilar" yarim himoyachi yanvar oyiga qadar jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lib, mavsumning ikkinchi yarmida ishtirok eta olishini kutishmoqda.