Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Katanes yangi taktikasining ijobiy va salbiy tomonlari

Katanes yangi taktikasining ijobiy va salbiy tomonlari

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi Xitoyga qarshi yangi o‘zlashtirilayotgan 3-5-2 taktik sxemasi (himoyada 5-3-2) ostida o‘ynadi. Ushbu o‘yindan oldin natija qiziqtirmasligini aytgan Katanes, yangi taktika bilan ham eksperimentga qo‘l urdi, ham natijaga erishdi.

Yangi taktik sxemaning Xitoyga qarshi o‘yinda ko‘zga tashlangan afzalliklari:

+ Jamoamiz himoyalanayotganda himoyachilar soni 5 taga yetdi;

+ Maydon markazidagi son jihatdan ustunlik evaziga 2-zona bizning nazoratimizda bo‘ldi;

+ Ikkita nominal hujumchi yordamida raqib himoyasi doimiy bosim ostida ushlandi.

Ammo yangi taktika ostida kamchiliklarimiz ham ko‘zga tashlandi:

- Maydon markazidagi o‘yinchilar soni oshirilishi tufayli qanotlarda bo‘shliqlar yuzaga keldi;

- Pressingda yarim himoya uchligi maydon markazini to‘liq yopishni hali butunlay o‘zlashtirmagan. 5-4-1 taktikasida ikkita tayanch yarim himoyachisi va ikkita vinger hisobiga bu vazifani 4 ta o‘yinchi bajarardi;

- Hujum davomida bir vaqtning o‘zida uchta futbolchimiz: qanot himoyachisi, yarim himoyachi va hujumchi bitta pozisiyada yig‘ilib, bir-biriga xalal bergan vaziyatlar bo‘ldi.

Xitoy o‘yin boshidan himoyaga yotib oldi. Ilk hujumni golga aylantirgach esa butun jamoa bo‘lib jarima maydoni atrofida himoyalandi. Hujumdagi futbolchilarimiz sonini oshirish maqsadida, zaxiradan qo‘shilgan Abbos Fayzullayev deyarli 3-hujumchi sifatida, tayanch yarim himoyachisi Otabek Shukurov esa hujumchi ortida harakat qila boshlashdi.

Hattoki, markaziy himoyachilarimiz Husniddin Aliqulov va Abduqodir Husanov katta tavakkalga qo‘l urib, hujumga tez-tez qo‘shilib turishdi. Bunday holatlarda qarshi hujumdan 2-golni o‘tkazib yuborishimiz hech gap emas edi. Lekin himoyachilarimiz bir-birining pozisiyalarini o‘z vaqtida yopishlari hisobiga - Xitoy qarshi hujumga qochib keta olmadi.    

Xitoyga qarshi o‘yin - JCH-2026 saralashidagi Turkmanistonga qarshi o‘yin oldidan yaxshi repetisiya bo‘ldi. Chunki Turkmaniston ham Xitoyga o‘xshab, butun jamoa bo‘lib himoyalanadi va o‘z omadini qarshi hujumlarda sinab ko‘radi. Bunday "avtobus" qo‘yib o‘ynaydigan jamoalarga gol urish - ochiq futbol o‘ynaydigan Meksikaga gol urishdan qiyinroq.

Manba: @SamvelKarlenich
Kiritildi: 06:19, 17.10.2023.
O'qildi: 4902 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.