Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Aleksandr Yankovich: «Rivojlanishimiz uchun O‘zbekiston kabi jamoalarga qarshi ko‘proq o‘ynashimiz kerak»

Aleksandr Yankovich: «Rivojlanishimiz uchun O‘zbekiston kabi jamoalarga qarshi ko‘proq o‘ynashimiz kerak»

Baho:
+ | -

Xitoy milliy jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Yankovich O‘zbekistonga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yini (1:2) borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlarda himoyada xatolar ro‘y berib turadi. Bu biz uchun foydali tajriba. Men futbolchilarga jarima maydonimiz ichida qoida buzmagan holda kurashish kerakligini aytgandim. Bugungi bahsda yo‘l qo‘yilgan xatolar uchun mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman.

Rivojlanish maqsadida to‘g‘ri yo‘lga tushib olish uchun kuchli jamoalar bilan ko‘proq o‘ynashimiz kerak. Bu jarayonda natija bugungidek salbiy bo‘lishi mumkin. Mag‘lubiyatda esa futbolchilarni ayblamayman. Chunki barcha mas’uliyat murabbiy zimmasida bo‘ladi.

— Milliy chempionatimiz saviyasi yuqori bo‘lmagani uchun o‘yinchilar xalqaro o‘yinlar tempiga dosh bera olmayaptimi?
— Chempionat saviyasiga baho berishim qiyin. Ammo terma jamoaga shunday uchrashuvlar kerak. Biz raqiblarning o‘yin tempini his etgan holda ularga moslashishimiz kerak. Bu futbolchilarga katta foyda beradi. Futbol ham hayotga o‘xshaydi. Ba’zida og‘riqni his etib turish kerak. Yana takrorlayman, agar biz bugungi bahs uchun kuchli raqibni tanlamaganimizda, rasmiy o‘yinlar boshlanguncha bunday tajribaga ega bo‘lmagan bo‘lardik. Maqsadimiz — jahon chempionatiga chiqish. Buning uchun eng yaxshi jamoalar bilan raqobatlashib, oldindan og‘riqni his etishimiz zarur. Umid qilaman, bir oydan keyin biz bunday og‘riqqa duch kelmaymiz. Bundan tashqari, biz raqiblarni xato qilishga majbur etishimiz kerak.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:24, 17.10.2023.
O'qildi: 3215 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик