Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Balotelli Ibrahimovich haqida: "U hech qanday sababsiz menga ochiqchasiga hujum qilgani g‘alati"

Balotelli Ibrahimovich haqida: "U hech qanday sababsiz menga ochiqchasiga hujum qilgani g‘alati"

Baho:
+ | -

"Adana Demirspor" hujumchisi Mario Balotelli "Inter"dagi sobiq jamoadoshi Zlatan Ibrahimovichning tanqidlariga javob berdi.

Ibrahimovich avvalroq Balotellini tanqid qilib, 33 yoshli italiyalik futbolchi faoliyati davomida ega bo‘lgan barcha imkoniyatlarni qo‘ldan boy berganini aytgan edi. Bundan tashqari, shvesiyalik sobiq futbolchi Mariodan ko‘ra, "Milan»" hujumchisi Rafael Leuni afzal ko‘rishini aytdi.

Bunga javoban Balotelli 2010 yilda "Inter"da g‘alaba qozongan Chempionlar Ligasi kubogi bilan tushgan suratni internetga joyladi. O‘sha mavsum oldidan faoliyati davomida hech qachon Chempionlar ligasida g‘olib chiqmagan Ibrahimovich "Inter"dan "Barselona"ga o‘tgandi.

"U hech qanday sababsiz menga ochiqchasiga hujum qilgani g‘alati. Uning Leauni afzal ko‘rishi meni qiziqtirmaydi, bu normal holat, lekin u ahmoqona gap aytdi.

Har bir imkoniyatdan unumli foydalana olmaganim yolg‘on. Mening tajribam o‘zi uchun gapiradi. Ibra har doim men yaxshiroq qilishim mumkinligini aytdi va u bu haqda haq edi. Men “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishim mumkin edi, buni xotirjam aytishim mumkin.

Chempionlar ligasi kubogi bilan surat? Men unga muhim o‘yinlarda o‘ynaganimni ko‘rsatmoqchi bo‘ldim va u ulardan birida g‘oyib bo‘ldi. Milito, Eto'O va Sneyder o‘ziga xos ish qilishib, "Inter"ga Ibrani sotish yordam berdi.

Ibra bilan o‘ynash oson bo‘lmagan, chunki u doim sizni sanchimoqchi bo‘ladi. Men undan kuchliroq xarakterga egaman, shuning uchun men bundan hech qachon azob chekmaganman. U bilan siz doimo hamma narsani berasiz, u maydonda yetakchi, lekin u hech qachon mening katta akam bo‘lmagan, mening katta akam Materassi edi", - dedi Balotelli TV Play telekanalida.

Kiritildi: 23:38, 17.10.2023.
O'qildi: 1987 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.