Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

"Chelsi" futbolchisi yana tizzasida og‘riq his qilmoqda

"Chelsi" futbolchisi yana tizzasida og‘riq his qilmoqda

Baho:
+ | -

Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Karni Chukvuemeka keyingi o‘yinlarda jamoasiga yordam bera olmaydi. Jurnalist Neytan Gissing ma’lumotlariga ko‘ra, angliyalik yana tizzasida og‘riqni his qila boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, mavsum boshida Chukvuemeka “Vest Xem” bilan o‘yinda jarohat olgan edi, u avvalroq “Chelsi” safidagi ilk golini urgan edi. Jarohat tufayli futbolchi bir oydan ko‘proq maydonga tusha olmadi, ammo Angliya Premyer-ligasining so‘nggi turida "Byornli" bilan o‘yinda "Chelsi" zaxira o‘rindig‘ida o‘tirdi.

Chukvuemeka qancha vaqt safdan chiqqani hozircha noma’lum. Angliyalik futbolchi 2022 yilning yozidan buyon "Chelsi"da o‘ynamoqda.

Kiritildi: 11:47, 18.10.2023.
O'qildi: 1280 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик